Nazorat savollari
Ochiq maydonlarda ko’chatxonalar uchun yer maydonini tanlash?
Ochiq maydonlarda ko’chatxona va tuproqlariga ishlov berish?
Yopiq maydonlarda ko’chatxona uchun yer maydonini tanlash?
Yopiq maydonlarda ko’chatxona tuproqlarini tayyorlash?
Aralashmalar tarkibi?
4-MAVZU: TABIIY FLORADA MAVJUD DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINI TAYYORLASH TARTIBI
Reja:
1. Bir yillik dorivor o’simliklarning qisqacha tasnifi.
2. Ikki yillik dorivor o’simliklarning qisqacha tasnifi.
3. Bir va ikki yillik dorivor o’simliklarning urug’ hosildorligini aniqlash usullari.
5. Ko’p yillik dorivor o’simliklarni qisqacha tasnifi.
6.Urug’ hosildorligini aniqlash usullari.
Tayanch iboralar: dorivor o’simlik, urug’, hosildorlik, mavsum, gektar, element, o’simlik soni, tup, savatcha, gul, dioganal, namuna, lalmikor, biologiyasi, morfologiyasi, fiziologik, yumaloq, yassi, ponasimon, silliq, g’adir-budir, sertuk. dorivor o’simlik, urug’, hosildorlik, mavsum, gektar, element, o’simlik soni, tup, savatcha, gul, dioganal, namuna, lalmikor, biologiyasi, morfologiyasi, fiziologik, yumaloq, yassi, ponasimon, silliq, g’adir-budir, sertuk.
1. Bir yillik dorivor o’simliklarning qisqacha tasnifi.
Bir yillik dorivor o’simliklar
Zig’ir urug’i; Jag’-jag’; Arpabodiyon; Moychechak; Qalampir; Bangidevona; Sano; Ko’k bo’tako’z; Ittikanak
Ikki yillik dorivor o’simliklar
Tirnoqgul; Qora zira; Qashqarbeda
Bir mavsum davomida o’zining manzaraviy qiymatiga ega bo’luvchi, pishgan urug’lar beruvchi va o’suvchi o’simliklar bir yillik o’simlik deyiladi.
Yetishtirishning ikkinchi yilida dorivor o’simlikka ikki yillik o’simlik deb ataladi, ya’ni ikki yillik o’simliklarga urug’i baxorda yoki yoz boshlarida ekilib, keyingi yilli gullovchi o’simliklar kiradi.
O’zbekiston sharoiti uchun moslashtirilgan dorivor o’simliklar urug’chiligini tashkil qilish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek,
Sug’oriladigan sharoitda yetishtiriladigan dorivor o’simliklar (moychechak, tirnoqgul, dalachoy, valeriana, katta bargli zubturum, sano va h) o’simliklar urug’ini yo’lga qo’yish.
Lalmikor yerlarda yetishtiriladigan dorivor o’simliklar (qora zira, zig’ir, kunjut, mavrak va h) urug’ini yo’lga qo’yish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Dorivor o’simliklar urug’idan va vegetativ usulda, ona o’simlikda uning qismlari bargi, kurtagi, ko’chati, shoxi, ildizi, tuganagi va h ajratish yo’li bilan ko’paytiriladi. Ko’pgina bir yillik o’simliklar urug’idan ko’paytirilganida, shu navga tegishli xususiyatlari saqlanib qoladi. Ko’p yillik dorivor o’simliklar shu jumladan piyozsimon o’simliklar urug’idan ko’paytirish, qoidasi bo’yicha, turli tuman avlodlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu o’simliklar ko’pincha vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladi.
Har qanday sharoitda yetishtirilayotgan dorivor o’simliklar urug’lari o’simliklar biologiyasi, morfologiyasi, fiziologik belgilariga mos ravishda o’sib, rivojlanadi. O’simliklar urug’lari shakli bo’yicha yumaloq, yassi, ponasimon, rangi bo’yicha oqdan qoragacha va sirti bo’yicha silliq, g’adir-budir, sertuk. Barcha urug’lar yirik maydaligiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi.
1. Juda mayda (1 g. da 250000 gacha);
2. Mayda (1 g. da 5 mingdan 12,5 minggacha);
3. O’rtacha (1 g da 500-600 ta);
4. Yirik (1 g da 100-300 ta);
5. Juda yirik (1 g da 1 tadan 35 gacha);
Do'stlaringiz bilan baham: |