§ 4. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisining ishini tashkil etish
15. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning ro‘yxati tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
16. Test sinovi o‘tgan xonada sinovning belgilangan talablarga qat’iy rioya etilgan tarzda xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
17. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi biriktirilgan o‘quv yurtiga ertalab soat 7.00 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib keladi.
18. Auditoriya kuzatuvchisi qur’a tashlash yo‘li bilan o‘ziga biriktirilgan auditoriyaga, abituriyentlar ro‘yxatini (ijodiy imtihon o‘tkazilgan guruhlar uchun 2 nusxada) va titul varaqalarini DTM vakilidan olib, zudlik bilan, soat 7.30 dan kechikmay yetib boradi va quyidagi ishlarni bajaradi:
auditoriyani ko‘zdan kechiradi (agar auditoriyaga abituriyentlar kirib olishgan bo‘lsa, ularni tashqariga chiqaradi);
auditoriyadagi har bir o‘tirish o‘rnining tartib bilan raqamlanganligini tekshiradi;
abituriyentlarga o‘zini tanishtirib, ularning Ruxsatnomasi, Titul varaqasi va pasportlarini e’tibor bilan tekshirib, guruh ro‘yxati bo‘yicha auditoriyaga kiritadi;
guruh ro‘yxatini diqqat bilan ko‘zdan kechirib, ro‘yxat bo‘yicha sinovga kelgan va kelmagan abituriyentlar sonini aniqlaydi.
19. Auditoriya rahbari belgilangan vaqtda (soat 7.30-8.00) o‘ziga biriktirilgan auditoriya uchun test materiallarini DTMning rahbar vakilidan qabul qilib oladi va darhol auditoriyaga yetib boradi.
20. Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlarni auditoriyaga kiritmaydi.
21. Test boshlanishidan oldin auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘zlarining ismlari va familiyalarini doskaga yozib qo‘yadi.
22. Auditoriya rahbari, kuzatuvchisi hamda ikki abituriyent birgalikda quti muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, qutini soat 8-30 da ochadilar.
Quti ichida quyidagi materiallar bo‘ladi:
ro‘yxatidagi abituriyentlar soniga teng bo‘lgan miqdorda, ichiga Javoblar varaqasi solingan Savollar kitoblari;
2 ta dalolatnoma: Savollar kitobi va Javoblar varaqasi qutisini ochish va Savollar kitobini qutiga joylab, qutini yopishga mo‘ljallangan 3-shakldagi dalolatnoma (16-ilova);
Javoblar varaqalari paketini yopishga mo‘ljallangan 4-shakldagi dalolatnoma (17-ilova);
2 ta paket: Javoblar varaqalari uchun 1 ta, Titul varaqalari uchun 1 ta;
muhrlash uchun 3 ta emblema: Javoblar varaqalari paketi uchun 1 ta, Titul varaqalari paketi uchun 1 ta, Savollar kitoblari qutisi uchun 1 ta;
auditoriya rahbari va kuzatuvchisi varaqasi.
23. Quti ochilgach, Savollar kitoblari sanaladi, 3-shakldagi dalolatnoma to‘ldiriladi va ikki abituriyent bilan birgalikda imzo qo‘yiladi.
24. Abituriyentlarga Savollar kitoblari tarqatilib, ularga Javoblar varaqasining “Abituriyentlar diqqatiga” deb yozilgan qismini e’tibor bilan o‘qib chiqish taklif etiladi.
25. Abituriyentlarga quyidagilar tushuntiriladi:
Javoblar varaqasini bukmaslik;
Javoblar varaqasining marker chizig‘iga yozmaslik;
Javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik.
26. Test sinovlari boshlanishidan oldin soat 8-30 dan 9-00 gacha auditoriya rahbari va kuzatuvchi Javoblar varaqasi raqamining Titul varaqasi va Ruxsatnomaga ko‘chirib yozganligini tasdiqlash maqsadida Titul varaqasining va Ruxsatnomaning maxsus joyiga imzo qo‘yadi.
27. Abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashmasligi, turli qog‘oz va boshqa narsalardan foydalanmasligini tushuntiradi. Eshik va derazalar orqali abituriyentlarning mustaqil ishlashiga xalaqit beradigan har qanday salbiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaydi.
28. Tushuntirish tugagandan keyin, testning boshlanishi va tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.
29. Test boshlangandan keyin, hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va abituriyent test materiallarini topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi. Test materiallarini topshirib chiqib ketgan abituriyent auditoriyaga qayta kiritilmaydi.
30. Favqulodda holatlarda auditoriya rahbari va kuzatuvchisi DTM vakili ishtirokida sodir etilgan voqea haqida dalolatnoma tuzadi.
31. Test jarayonida birorta hujjat (test materiali yoki boshqa qog‘oz) auditoriyadan tashqariga chiqarilmaydi va tashqaridan kiritilmaydi.
32. Abituriyentlar tomonidan test sinovlarini o‘tkazish tartibi buzilsa, auditoriya rahbari, kuzatuvchisi va ikki abituriyent ishtirokida tartibni buzgan abituriyentni testdan chetlashtirish haqida dalolatnoma tuziladi. Bunda sana, o‘quv yurti nomi, guruh raqami, ixtisoslik kodi, tartibni buzgan abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, Javoblar varaqasining raqami va qanday talabni buzganligi va abituriyent qaysi vaqtda test sinovidan chetlashtirilganligi yoziladi. Dalolatnomaga DTM vakili ham imzo qo‘yadi.
33. Test sinoviga kelmagan va testdan chetlashtirilgan abituriyentlarning Javoblar varaqasi raqamlari auditoriya rahbari va kuzatuvchisi varaqasiga belgilanadi.
34. Test topshiriqlarini bajarib bo‘lgan abituriyent Savollar kitobi, Javoblar varaqasi va Titul varaqasini alohida-alohida stolga qo‘yadi, abituriyentlar ro‘yxatiga Javoblar varaqasining raqami to‘g‘ri yozilganligini tekshirib, topshirgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadi va auditoriyadan chiqadi.
35. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng, auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi. Shundan keyin abituriyentlar navbat bilan Savollar kitobi, Javoblar varaqasi va Titul varaqasini alohida-alohida stolga qo‘yadi, abituriyentlar ro‘yxatiga Javoblar varaqasining raqami to‘g‘ri yozilganligini tekshirib, topshirgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadi va auditoriyadan chiqadilar.
36. Auditoriya rahbari, hamma test materiallari yig‘ilgandan so‘ng, ikki nafar abituriyent ishtirokida Javoblar varaqasi va Savollar kitoblarini alohida sanaydi. Shundan keyin quyidagilarni bajaradi:
test sinovlaridan chetlashtirilgan (agar ular bo‘lsa) abituriyentlarning Javoblar varaqasiga dalolatnomani yelimlab Javoblar varaqasi paketiga joylaydi;
ishlatilgan va ishlatilmagan Javoblar varaqalarining marker chizig‘ini bir tarafga qilib Javoblar varaqasi paketiga joylaydi;
auditoriya rahbari va kuzatuvchisi varag‘i va barcha dalolatnomalar (3-shakldan tashqari)ni ham Javoblar varaqasi paketiga soladi;
4-shakldagi dalolatnomaga auditoriya rahbari va kuzatuvchisi, ikki abituriyent imzo qo‘yib, bu dalolatnomani ham Javoblar varaqasi paketiga solib, paketni emblema bilan muhrlaydi;
3-shakldagi dalolatnomani to‘ldirib, Savollar kitoblarini qutiga soladi va qutini emblema bilan muhrlaydi;
Titul varaqalarini sanab, uni abituriyentlar ro‘yxati bilan (ijodiy imtihon o‘tkazilgan guruhlar uchun 1 nusxasini) Titul varaqalari paketiga soladi va bu paketni emblema bilan muhrlaydi.
37. Javoblar varaqalari solingan paketni, Savollar kitoblari qutisini va Titul varaqalari solingan paketni maxsus xonada DTM vakiliga topshiradi va 2-shaklga imzo qo‘yadi.
Ijodiy imtihon o‘tkazilgan guruhlar ro‘yxatining bir nusxasini mas’ul kotibga topshiradi.
38. Test sinovlari tugagach, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘z guvohnomalarini DTM vakiliga topshiradilar.
1-ILOVA
(O‘quv muassasasi nomi)
|
Hujjatlarning qabul qilib olinganligi to‘g‘risida
|
T I L X A T
|
Fuqaro___________________________________________________________________dan
______________________________________________________ixtisosligiga kirish uchun
quyidagi hujjatlar
|
QABUL QILINADI:
|
1. Ariza
2. Fotosurat (3 x 4, 6 dona)
3. Tibbiy ma’lumotnoma (086/U shaklda)
4. Ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi
|
______________________________________
|
(attestat, diplom)
|
Hujjatlarni qabul qilgan
mas’ul xodim F.I.Sh. va imzosi:
| |
2-ILOVA
Abituriyentlarga eslatma
Abituriyent o‘quv yurtining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086/U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
3x4 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqalar g‘oliblariga tanlovsiz o‘qishga kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini;
muddatli harbiy xizmatni tugatib, harbiy qismlarning yo‘llanmasi bilan kelgan abituriyentlar — tegishli tavsiyanomani;
pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini abituriyent shaxsan ko‘rsatadi.
27-iyulda qabul komissiyasi tomonidan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalari e’lon qilinadi.
Abituriyent chizmani diqqat bilan o‘rganib, test uchun zarur bo‘lgan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami, qaysi qavatda ekanligi va boshqa kerakli ma’lumotlarni bilib oladi.
Abituriyentlar guruh tartib raqami ko‘rsatilgan Ruxsatnoma va Titul varaqasini 27-iyuldan boshlab o‘quv yurti qabul komissiyasidan oladilar.
Kunduzgi va sirtqi ta’lim bo‘yicha abituriyentlarni testdan o‘tkazish, Qabul to‘g‘risidagi Nizomga asosan, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida bir kunda va bir vaqtda o‘tkaziladi.
Test o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni bino ichkarisiga kiritish ertalab soat 7.30 da boshlanib, 30 daqiqa davom etadi. Abituriyent binoga kirishda Ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o‘z guruhlari tartib raqami bilan bir xil raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
Test sinovlariga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalarni olib kirish taqiqlanadi.
Test sinovlari boshlangandan so‘ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Test vaqtida abituriyentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Savollar kitobi va Javoblar varaqasini olgandan so‘ng, javoblar varaqasidagi “Abituriyentlar diqqatiga” qismini o‘qib chiqadi;
Javoblar varaqasi varianti (5-blok) bilan Savollar kitobi varianti mosligini tekshiradi;
Savollar kitobini sinchiklab tekshirib chiqadi. Agar unda fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘la nashr qilinmagan o‘rinlar yoki betlar bo‘lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi;
abituriyent test boshlanishidan oldin o‘z Ruxsatnoma va Titul varaqasining tegishli joylariga Javoblar varaqasining raqamini (6-blok) ko‘chirib yozadi;
Javoblar varaqasini to‘ldirishda faqat havo rang pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster yoki siyohli avtoruchkadan foydalanish man etiladi;
abituriyent o‘zi haqidagi ma’lumotlarni 1-blokka yozadi, 2-blokni diqqat bilan o‘qib imzolaydi, 3-blokda o‘ziga mos keluvchi doirachalarni bo‘yaydi;
maxsus kodini, o‘qishni tugatgan maktabi joylashgan viloyat, tuman, shahar, shahar tumani kodlarini, maktab (litsey) nomerini, o‘quv yurti va ixtisoslik kodlarini 4-blokning mos joylariga Titul varaqasidan ko‘chiradi va doirachalarni mos ravishda bo‘yaydi;
savollar kitobidagi hamma bloklarda 36 tadan savol keltirilgan, har bir savolga 5 tadan (A, B, C, D, E) javob berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan faqat bitta — to‘g‘risini topishi va kitobchada belgilab, keyinchalik Javoblar varaqasiga ko‘chiradi;
javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat va 72 ta savolga 2 soat vaqt ajratiladi;
javoblarni tanlash — ixtiyoriy. Abituriyentlar tanlagan javoblarini Javoblar varaqasining tegishli blokiga chalkashtirmasdan ko‘chiradi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari yana 20 daqiqa vaqt beriladi;
Savollar kitobidagi test savollariga to‘g‘ri deb hisoblagan javoblarni Javoblar varaqasining I—III bloklaridagi doirachalarga mos ravishda belgilaydi. Chet tili bo‘yicha test topshirayotgan abituriyentlar mos kelgan tilga tegishli doirachani bo‘yaydi;
har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanganda, to‘g‘ri hisoblanib, agar bitta savolga ikki va undan ortiq javob belgilansa, bu javobga ball berilmaydi;
to‘ldirilgan Javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi hujjatdir;
Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir;
Javoblar varaqasida tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlar e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi;
test paytida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqanlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi;
test davomida abituriyentlarning bir-birlari bilan gaplashishi, javoblarni bir-biriga ko‘rsatish, test materiallarini boshqalarga uzatish, mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitoblardan, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalardan foydalanish, test hujjatlaridan nusxa ko‘chirish va boshqalarga ko‘maklashish taqiqlanadi;
test sinovini belgilangan vaqtdan oldin tugatgan abituriyent Savollar kitobi, Javoblar varaqasi va Titul varaqasini auditoriya rahbariga topshiradi, abituriyentlar ro‘yxatidagi o‘z familiyasi to‘g‘risiga Javoblar varaqasi nomerining to‘g‘ri yozilganligini tekshirib, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadi, Ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadi;
test uchun ajratilgan vaqt tugagach, auditoriya rahbari bu haqda e’lon qiladi. Abituriyentlar tartib bilan Savollar kitobi, Javoblar varaqasi va Titul varaqasini auditoriya rahbariga topshirib, abituriyentlar ro‘yxatidagi o‘z familiyalari to‘g‘risiga Javoblar varaqasi nomerining to‘g‘ri yozilganligini tekshirib, testni tugatgan vaqtini yozib, imzo qo‘yadi, Ruxsatnoma va pasporti bilan auditoriyadan chiqadi;
abituriyentlar Javoblar varaqasining maxsus joyini bo‘yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o‘z fikrini bildirishi mumkin.
Test sinovlarini o‘tkazish tartibini qo‘pol ravishda buzgan abituriyent o‘quv yurtida o‘qishga noloyiq sanalib, dalolatnoma tuzilib, sinovdan chetlashtiriladi.
3-ILOVA
Abituriyentlar sonining guruhlar va binolar bo‘yicha
TAQSIMOTI
O‘quv yurti ______________
| | | |
Ta’lim turi ___________
| |
Sana _____________
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |