Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2003-yil 16-iyuldagi 122-mh-sonli buyrug‘iga asosan Davlat reyestridan chiqarilgan



Download 154,52 Kb.
bet2/6
Sana04.11.2022
Hajmi154,52 Kb.
#860517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1154 25.06.2002


§ 1. Umumiy qoidalar
1. Test sinovlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (DTM) amalga oshiradi.
2. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o‘tkazish mas’uliyati, test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, DTM vakillari, qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
§ 2. Oliy o‘quv yurti qabul komissiyasining ishini tashkil etish
3. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
4. O‘quv yurti qabul komissiyasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-iyuldagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi Nizom” (qabul to‘g‘risidagi Nizom) hamda ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq puxta bilimli, iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida o‘quv yurtiga kirishini ta’minlash;
qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan tartibli ravishda tashkil etish;
test o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
abituriyentlarga ularning huquq va vazifalarini tushuntirish;
test jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
test natijalari bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga to‘liq ma’lumotlar berish.
5. Qabul komissiyasi o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
qabul komissiyasi a’zolarining vazifalarini aniqlab, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiradi;
DTMdan olingan tegishli hujjatlar va turli axborot materiallarini yetarli miqdorda tayyorlab qo‘yadi hamda o‘z ish jadvalini e’lon qiladi;
qabul boshlangunga qadar test o‘tkaziladigan auditoriyalar va ulardagi o‘rinlar sonini aniqlaydi, har bir auditoriyada quti va paketlarga emblemalarni yelimlash uchun yelim va boshqa test o‘tkazish uchun yetarli shart-sharoitlarni tayyorlaydi, auditoriyalar joylashuvi reja-chizmalarini tuzadi hamda qabul komissiyasi raisi tasdiqlagan reja-chizmani 1-iyulgacha DTMga taqdim etadi;
Qabul to‘g‘risidagi Nizomni, mazkur Yo‘riqnomani, ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv shakli va tili bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalarini, test o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxatini, ixtisoslik bo‘yicha ijodiy imtihon topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarini va baholash mezonlarini e’lon qiladi;
abituriyentlarning arizalarini qabul qilish va barcha o‘quv shakllari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda olib boradi;
qabul qilingan ariza va hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlangan, bog‘langan va muhrlangan daftarga qayd qiladi, qabul to‘g‘risidagi arizaga abituriyentning o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi, 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, 3x4 sm hajmdagi 6 ta fotosurat ilova qilinadi, pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat abituriyentlar tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat (1-ilova) beradi;
abituriyentlarga ularga qo‘yiladigan talablar, test jarayoni, baholash mezonlari, talabalar safiga qabul qilish va boshqalar haqida barcha zaruriy axborot (tushuntirish)lar beradi;
barcha abituriyentlarni “Abituriyentlarga eslatma” (2-ilova) bilan ta’minlaydi;
DTM tomonidan yaratilgan yangi “ABT-Abitur” dasturini o‘rganadi;
3—8-ilovalar bo‘yicha ma’lumotlarni DTMga yuborish maqsadida “ABT-Abitur” dasturi o‘rnatilgan kompyuterlar xotirasiga abituriyentlar haqidagi quyidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritilishini ta’minlaydi:
maxsus kod;
qayd raqami;
ta’lim turi;
o‘quv yurtining nomi;
fuqaroligi;
familiyasi, ismi, sharifi;
millati;
jinsi;
pasport seriyasi;
pasport raqami;
yashash joyi;
tug‘ilgan yili, joyi;
ijtimoiy kelib chiqishi;
ta’lim muassasasining turi;
maktab (litsey, kollej) raqami;
maktab (litsey, kollej)ni tugatgan yili;
maktab (litsey, kollej) manzili;
attestat raqami;
attestatdagi o‘rtacha bali;
harbiy qismdan berilgan tavsiyanoma (muddatli harbiy xizmatni tugatganlar uchun);
Respublika va xalqaro olimpiadalar g‘olibi ekanligi haqida ma’lumot (agar tegishli hujjat bo‘lsa);
ta’lim tili;
ixtisosligi;
chet tili;
chet tilini topshirish uslubi;
qabulning borishi haqidagi ma’lumotlarni DTMga topshiradi;
DTM tomonidan e’lon qilish uchun berilgan hujjatlarni o‘quv yurtida e’lon qiladi;
o‘quv yurtiga kirish muammolari bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishni uyushtiradi, ular uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlaydi va e’lon qiladi;
DTM vakili bilan hamkorlikda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida amaliy seminar mashg‘ulotlari tashkil etadi va o‘tkazadi;
21-iyulda qabulning tugashi bilan 3—6-ilovalar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘quv yurti qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda DTMga yetkazadi. Bundan so‘ng ushbu ma’lumotlarning o‘zgarmasligini ta’minlaydi;
o‘quv yurti bo‘yicha auditoriyalarning tartib raqami guruhlarning tartib raqami bilan bir xil bo‘lishini hamda test sinovlari qaysi binoda o‘tkazilishidan qat’i nazar takrorlanmasligini ta’minlaydi;
ixtisosliklar bo‘yicha ijodiy imtihonlarni xolisona va adolatli o‘tkazib, natijalarini o‘quv yurtida 27-iyulgacha abituriyentlarning e’tibori uchun ma’lumot sifatida e’lon qiladi va Davlat komissiyasining abituriyentlarni talabalar safiga o‘tkazish haqidagi qarori chiqmaguncha e’lonlar doskasidan olmaydi;
abituriyentlarning ijodiy imtihon bo‘yicha olgan ballari haqidagi ma’lumot (7-ilova)ni 1-avgustda DTMga, xatosiz to‘ldirilgan holda, yetkazadi;
26-iyulda binolar va xonalarning joylashishi, abituriyentlarning bino bo‘yicha harakat yo‘nalishi chizmasini e’lon qiladi;
DTM tavsiya etgan algoritm asosida abituriyentlar ro‘yxati (8-ilova)ni kompyuterda shakllantiradi va 27-iyulda ma’lumot uchun e’lon qiladi;
Titul varaqasi (9-ilova) va Ruxsatnoma (10-ilova)larni xatosiz to‘ldiradi;
27-iyuldan boshlab abituriyentlarga Ruxsatnoma va Titul varaqasini tarqatadi;
DTM vakillarini qabul va test jarayoniga oid barcha ma’lumotlar, shu jumladan, binolar va auditoriyalarning reja-chizmalari bilan ta’minlaydi;
30-iyulda barcha auditoriyalardagi o‘tirish o‘rinlarini raqamlab test o‘tkazishga tayyorlaydi hamda auditoriyalarning eshiklariga ularning tartib raqamlari, mutaxassisliklar nomi va o‘tirish o‘rinlarining soni yozilgan ko‘chma ko‘rsatkichlarni ilib qo‘yadi;
31-iyulda test o‘tkazilmaydigan xonalar va qavatlarning kirish va chiqish eshiklari (asosiydan boshqa) yopib muhrlaydi;
abituriyentlarni auditoriyalarga tartibli ravishda kiritishni ta’minlash uchun har bir binoda nazoratchilik xizmati postlarini tashkil qiladi;
test jarayoni uchun axborot, texnik, tibbiy va maishiy xizmatlarni tashkil etadi;
test sinovlari o‘tkaziladigan kuni o‘quv yurtida nusxa ko‘chirish vositalari ishlatilishining oldini olish maqsadida ularning barchasini muhrlab qo‘yadi;
test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni pasport va ruxsatnomasi bilan binoga tartibli ravishda kiritilishini ta’minlaydi;
test sinovlarining o‘z vaqtida boshlanishini ta’minlaydi;
test jarayonida ro‘y bergan barcha muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini ko‘radi;
test sinovlari tugagandan keyin test materiallarini belgilangan tartibda maxsus aloqa xodimlariga topshirilishini ta’minlaydi;
test natijalari olingan kuni ularni abituriyentlarga e’lon qiladi;
test natijalari olingan kuni, DTM vakili bilan birgalikda abituriyentlarning Titul varaqalari solingan seyflarni dalolatnoma tuzib ochadi va o‘zgartirish kiritilgan har bir Titul varaqasi haqidagi ma’lumotni dalolatnomada qayd etib, dalolatnomaning bir nusxasini DTMga yuboradi.
6. O‘quv yurti qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha ishlarning bajarilishini ta’minlash mas’uliyati qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibiga yuklanadi.
Download 154,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish