Maykеlsоn intеrfеrоmеtri yordamida gеliy-nеоn lazеri nurlanishining to‘lqin uzunligini aniqlash.
Laboratoriya ishi
Mavzu: Maykеlsоn intеrfеrоmеtri yordamida gеliy-nеоn lazеri nurlanishining to‘lqin uzunligini aniqlash.
Ishdan maqsadi:
Maykelson interferometrini yig‘ish.
Interferension manzarani kuzatish.
Geliy - neon lazeri nurlanishining to‘lqin uzunligini aniqlash.
Kerakli asboblar:
1 lazer optikasining tayanch plitasi……………………………...473 40
|
1 He-Ne lazer, chiziqli qutblangan…………………………….471 840
|
1 lazer asosi…………………………………………………..….473 41
|
5 optik asos………………………………………………….…..473 42
|
1nur bo‘lgichlar………………………………………………. 473 432
|
1nur bo‘lgichlar uchun tutqich……………………………….....473 43
|
2 sozlanadigan yassi ko‘zgu………………...…………………..473 46
|
1 sferik linza, f = 2,7 mm…………………………………….….473 47
|
1 nozik sozlash mexanizmi……….……………………………..47348
|
1 nozik sozlash mexanizmiuchuno‘rindiqasos………...……...300 11
|
1 yarimshaffofekran……………………………………………441 53
|
1 yog‘ochlineyka………………………………………………..311 03
|
Nazariy qism
Interferometr nihoyatda aniq va sezgir hisoblanib uning yordamida uzunlikning o'zgarishini, zichlik darajasini, sindirish ko'rsatgichlarini va to'lqin uzunliginianiqlash mumkun. Maykelson interferometri ikki nurli interferometrlar oilasiga mansub. Uning ishlashi quyidagicha:
Geliy neon (He-Ne)lazeridan chiqayotgan kogerent yorug‘lik nuri optik nur ajratgichdan ikki qismga ajralib ko‘zgularga tushadi. Ko‘zgulardan qaytib nur ajratgichga yo'naladi va ular bir-biri bilan birikishi natijasida interferension manzara yuzaga keladi (1.1-rasm). Agar bu nurlar birining yo‘li uzunligi, ya’ni sindirish ko'rsatgichi va geometrik yo'l natijasida o'zgarsa, bu o'zgarmagan nurga nisbatan faza siljishiga olib keladi.
B
1.1-rasm.
u esa o‘z navbatida interferension manzaraning o‘zgarishiga olib kelib, u orqali, agar boshqa miqdorlar doimiy qolsa, sindirish ko‘rsatgichining yoki optik yo‘lning har qanday o‘zgarishi haqida xulosa qilish imkoni beradi.
Demak, sindirish ko‘rsatgichi doimiy qolsa, biz geometrik yo‘ldagi farqni aniqlashimiz, masalan issiqlik yoki elektr yoki magnit maydonlari sababli materiallar o‘lchamining o‘zgarishini aniqlashimiz mumkin. Boshqa tarafdan, agar geometrik yo‘l doimiy qolsa, sindirish ko‘rsatgichini, hamda sindirish ko‘rsatgichiga ta’sir qiladigan bosim, temperatura yoki zichlikning o‘zgarishi kabilarning miqdorini va ta’sirini aniqlashimiz mumkin. Lazer nurining to‘lqin uzunligini o‘lchash uchun bitta yassi ko‘zgu nozik sozlash mexanizmidan foydalanib siljitiladi; Bu o‘zgartirish mos nurning optik yo‘lini o‘zgartiradi. Bunday siljitish davomida interferension chiziqlarning siljishi yarim shaffof ekranda kuzatiladi. Bu hodisani baholash uchun, yassi ko‘zgu siljiganda, kuzatish ekranidagi qo‘zg‘almas nuqtadan o‘tayotgan maksimumlarni yoki minimumlarni hisoblashimiz mumkin.Sirti shikastlangan yoki iflos optik elementlar interferension tasvirning buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.1.2-rasmda lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |