Maxsusportland sementlar



Download 88,5 Kb.
bet1/5
Sana30.03.2022
Hajmi88,5 Kb.
#519174
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MAXSUSPORTLAND SEMENTLAR


MAXSUSPORTLAND SEMENTLAR

REJA:


1. Tez qotuvchan portlandsement.
2. Plastifikatsiyalangan va gidrofob portlandsement.
3. Sulfatga chidamli portlandsement.
4. Oq rangli sementlar.
Sementning ko‘p turlari ma’lum. Ba’zi birlari juda tez, ba’zilari sekin qotadi. Suv inshootlari uchun bir sement ishlatilsa, yo‘l qurilish ishlariga boshqa turi va binokorlik qorishmalari uchun uchinchi bir turi qo‘llaniladi. Sement qancha yaxshi tuyilsa, sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Chunki, zarrachalarning umumiy sirti qancha katta bo‘lsa, modda zarrachalari o‘rtasidagi fizik-kimyoviy jarayonlar shuncha to‘la va tez o‘tadi.
Portlandsement gidravlik bog‘lovchi moddalarning bir turidir. Bu botlovchi moddalar qatoriga yana glinozemli, pussolan, toshqolli, mikroto‘ldirgichli, kengayuvchi sement kabi gidravlik bog‘lovchilar kiradi. Bu bog‘lovchi moddalar yana bir qancha ko‘rinishlarga ham ega. Misol uchun portlandsement tarkibiga ko‘ra: odatdagi alitli, belitli, alyuminatli, alyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatilishiga ko‘ra: odatdagi tez qotuvchan, maxsus tez qotuvchan, plastifitsirlangan, gidrofobli, sulfatli suvlarga chidamli, o‘rtacha ekzotermiyali, tamponajli, oq rangli xillarga bo‘linadi.
Tez qotuvchan portlandsement. Sanoatning tez rivojlanishi tufayli qurilish talabini to‘la qondirish uchun zavodlar oldiga tayyor beton elementlarini ko‘plab ishlab chiqarish vazifasi qo‘yiladi. Bu esa o‘z navbatida portlandsementni juda mayda qilyb tuyish va tarkibidagi faol minerallarni kupaytirish yo‘li bilan olinadi, shuningdek, portlandsementdan 1–3 kun ichida mustahkamlanishi bilan farq qiladi. Bunday sement ishlatilganda yig‘ma konstruksiyalar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni ancha qisqaradi va korxonaning ishlab chiqarish unumi o‘sadi.
Bir-ikki kun ichida ochiq joyda mustahkamligi yetarli darajada ortadigan bog‘lovchi modda tez qotuvchan sement deyiladi. Uning bir kundan keyingi siqilishga mustahkamligi 20 MPa bo‘lsa, uch kundan keyingisi 30 MPa gacha ko‘tariladi. Bunday sement konstruksiya yoki buyumlarni tez tayyorlash lozim bo‘lganda, shuningdek, bug‘lash uchun sharoit bo‘lmagan joylarda ishlatiladi. Tez qotuvchan sementni olish uchun tarkibida 50–60 %gacha uch kalsiyli silikat (S3S), 8–14 %gacha uch kalsiyli alyuminat (S5A) bilan to‘rt kalsiyli alyumoferit (S3AG‘) hamda 8 %gacha qurilish gipsi qo‘shilgan sement klinker ishlatiladi. Qo‘shiladigan qurilish gipsi optimal miqdordan oshmasligi kerak, aks holda buyum yoki konstruksiyada darzlar hosil bo‘lishi mumkin.
Sementning tez qotuvchanligi, birinchidan, uning mineralogik tarkibiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan klinkerning maydalanish darajasiga bog‘liq. Klinker qanchalik mayda qilib tuyilsa, olingan sement shuncha tez qotuvchan bo‘ladi. Shu sababli tez qotuvchan sement olishda uning maydalik darajasini ifodalovchi solishtirma yuzasini 350–450 m2/kg. gacha yetkazish kerak (portlandsementning solishtirma yuzasi 250–300 m2/kg. ga teng). Sement zarrachasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning erish va gidratatsiyalanish jarayoni shunchalik tezlashadi.

Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish