Mustaqil ish - Mavzu: fosfat kislota asosli sementlar ishlatilishi va qo’llanilishi.
Sementlar - Stomatologik sementlar tarixi XIX-asrning birinchi yarmidan boshlangan. 1832-yilda Osterman birinchi bolib sementlarni yaratdi. Uning kukini CaO dan, suyuqligi H3PO4 kislotadan tashlil topgan. Keyinchalik esa fosfat sementi kashf etildi.
Xalqaro klassifikatsiya bo’yicha sementlar 8 turga bo’linadi. - 1. Rux-fosfat;
- 2. Bakteriosid;
- 3. Silikat;
- 4. Siliko-fosfat;
- 5. Rux-evginolli;
- 6. Polikarboksilat
- 7. Shishaionomer;
- 8. Polimer.
Yopishqoqligi bo’yicha sementlarning quydagi turlari mavjud: - 1. Retension nuqtalar hisobiga yopishuvchi. Bu guruhga rux-fosfat, silikat, siliko-fosfat sementlar kiradi.
2. Faqat adgeziya hisobiga yopishuvchi. Bularga shishaionomer polimerlari kiradi. RUX-FOSFAT SEMENT - Fasfat sementlar stomatologiyada juda keng qo’llaniladi. Tarkibi jihatdan kukun va suyuqlikdan tashkil topgan. Kukuni tarkibida rux oksidi(80-83%), magniy oksidi(6-10%), kvars va boshqa qo’shimchalar bor. Suyuqligi- rux-oksidi va aliminiy gidrooksidi bilan neytrallangan ortofosfat kislotasi.
Xususiyatlari - Pulpa uchun toksik emas, yopishqoqligi yaxshi(tog’ri qorilsa), kengayish koefitsenti past, yaxshi termoizolator.
- Kamchiliklari. so’lak tasirida eriydi (1 yil mobaynida), mexanik pishiq emas, kosmetik talablarga javob bermaydi (rangi tiniq emas). Fosfat sementning qotishi rux oksidini fosfat kislota bilan bo’ladigan reaksiyasi natijasida amalga oshadi, bunda rux fosfat hosil bo’ladi.
Ishlatilishi - Sun’iy qoplamalar qo’yiladigan tishlarda doimiy plomba sifatida, uzoq muddatga (3-4 oy) vaqtinchalik plomba sifatida, sun’iy qoplamalarni (o’zakli tish, qistirma) fiksatsiyalashda,ildiz kanallarini plombalashda, doimiy plombalar ostiga ajratuvchi taglik sifatida, sut tishlarida doimiy plomba sifatida ishlatiladi. Plomba ashyosi plastik bo’lib, qorilgan asbobdan uzilganda 1-2 mm cho’zilib, arrasimon tishchalar hosil qiladi (plombaning yetiganlik belgisi). Qorish uchun optimal nisbati 2g kukunga 0.5 ml suyuqlik .
Hozirgi kunda ruh-fosfat sementi turlicha nomlar bilan chiqariladi: fosfat-sement, kumush tutuvchi fosfat-sement, Fostsem, Unitsem, Unifas,Adgezor(Chexiya), Tenet (Shveytsariya). - Hozirgi kunda ruh-fosfat sementi turlicha nomlar bilan chiqariladi: fosfat-sement, kumush tutuvchi fosfat-sement, Fostsem, Unitsem, Unifas,Adgezor(Chexiya), Tenet (Shveytsariya).
- Rp.: Fosfat sement 50,0
- D.S.Ajratuvchi taglik, qoplamalarni fiksatsiyalash uchun ishlatiladi.
Siliko-fosfat sementlar - Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko’ra, silikat va fosfat sementlar oralig’idagi plomba ashyosi xisoblanadi. Bu plomba ashyosining kukuni 80% silikat va 20% fosfat sement kukunidan tashkil topgan. Suyuqligi tarkibi jihatidan silikat sement tarkibiga yaqin.
- Siliko-fosfat sementlar yuqori kimyoviy chidamlilik va mehanik mustahkamlikka ega. Silikat sementga nisbatan yopishqoqligi yaxshi va pulpaga nojo’ya ta’siri kamroq.
Plomba ashyosini qorish vaqtida kukunni suyuqlikka oz-ozdan qo’shish zarur, shunda suyuqlik bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi. Qorilgan plomba ashyosi karioz kovakka bo’lak-bo’lak qilib, shtopfer bilan zichlashtirib qo’yiladi. Plombani selluloid yoki metall parchasi (matritsa) bilan shakllantiriladi. Plomba kosmetik talablarga to’liq javob bermagani uchun uni asosan chaynov tishlariga qo’yish tavsiya etiladi (I-II sinf karioz kovaklarda ).III va V sinf karioz kovaklarida esa nuqson vestibular yuzada joylashmagan hollarda ham ishlatish mumkin.O’rta va chuqur karioz kovaklarida siliko-fosfat sementlarni albatta ajratuvchi tagliklar bilan ishlatish zarur. - Plomba ashyosini qorish vaqtida kukunni suyuqlikka oz-ozdan qo’shish zarur, shunda suyuqlik bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi. Qorilgan plomba ashyosi karioz kovakka bo’lak-bo’lak qilib, shtopfer bilan zichlashtirib qo’yiladi. Plombani selluloid yoki metall parchasi (matritsa) bilan shakllantiriladi. Plomba kosmetik talablarga to’liq javob bermagani uchun uni asosan chaynov tishlariga qo’yish tavsiya etiladi (I-II sinf karioz kovaklarda ).III va V sinf karioz kovaklarida esa nuqson vestibular yuzada joylashmagan hollarda ham ishlatish mumkin.O’rta va chuqur karioz kovaklarida siliko-fosfat sementlarni albatta ajratuvchi tagliklar bilan ishlatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |