Raqamli monitorlar. Eng oddiy monoxromli monitor faqat oqqora tasvirni aks etish imkonini beradi. Raqamli RGB-monitorlar (Red-Green-Blue) ham monoxromli, ham rangli (16 xil rang turi bilan) ish tartibini qo‘llaydi.
Analogli monitorlar. Signallarni analogli uzatish kuchlanishning turli darajasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu chuqurlik daraj asi turli xil bo‘lgan ranglar jilosini shakllantirish imkonini beradi.
Multichastotali monitorlar. Videokarta qatorning gorizontal chastotasiga va kadrlar takrorlanishining vertikal chastotasiga tegishli bo‘lgan sinxronlantirish signalini shakllantiradi. Monitor bu qiymatlarni tanishi va unga muvofiq ish tartibiga o‘tishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |