Videoadapterlar. Videoadapter biz ekranda ko‘rayotgan tasvirlar ko‘rinishiga aylanuvchi signallarni uzatish orqali kompyuter bilan monitor orasidagi interfeysni ta’minlaydi. ShKning rivojla nish tarixi davomida muvaffaqiyat bilan bir necha standartlar ishlab chiqarilgan. Ularning har bir keyingi yaratilganiga nisbatan yuqori darajadagi tiniqlik va rang jilosini ta’minlar edi. Quyida videoadapterlarning standartlari keltirilgan.
MDA (Monochrome Display Adapter)
HGC (Hercules Graphics Card)
CGA (Color Graphics Adapter)
EGA (Enhanced Graphics Adapter)
VGA (Video Graphics Array)
SVGA (Super VGA)
XGA (eXtended Graphics Array)
UGA (Ultra Video Graphics Array)
Bu standartlarning ko‘pchiligi avval IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, so‘ngra boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan litsenziyalandi. Hozirgi vaqtda IBM yuqori sifatli monitorlarni ishlab chiqarish birinchiligini boshqa kompaniyalarga berib qo‘ydi, keltirilgan standartlarning ko‘pchiligi esa eskirgan standartlardir. VGA standarti bundan mustasno; har qanday videoadapter tomonidan qo‘llaniladigan bu abbreviatura bilan monitorning asosiy imkoniyatlari belgilanadi.
Har qanday monitor uchun signalni uzatadigan manba kerak. Signallar monitorga kompyuterga o‘rnatilgan videoadapterdan uzatiladi. ENN yoki suyuq kristalli monitorlarning tizimli blokka ulanishining quyida keltirilgan uchta usuli mavjuddir:
Kengaytirish platalari. Bu vaziyatda PCI-Express, AGP yoki PCI interfeysli alohida kengaytirish platalaridan foydalanish ko‘zda tutilyapti. Bunda yuqori tezlik, katta xotira hajmi hamda ko‘p sonli funksiyalarni qo‘llash ta’minlanadi.
Tizimli plata ichiga joylashtirilgan grafik protsessor. Kengaytirish platalariga nisbatan tezligi past bo‘lgani bilan eskirgan yechimlarni qo‘llashi bilan ustun turadi.
Grafik o‘zagi (yadro) ichiga joylashtirilgan mikrosxemalar to‘plami. Bu narxi bo‘yicha arzon turi bo‘lib, ularning tezligi juda past, ayniqsa tasvirlar bilan ishlaydigan ilovalarni ishga tushirganda bilinadi.
PicoBTX, microATX, FlexATX, microBTX yoki Mini-ITX stan dartidagi tizimli platalarni qo‘llagan kompyuterlar Intel, VIA Technology, SiS kompaniyalari ishlab chiqargan mikrosxemalar to‘plami ichiga joylashtirilgan grafik o‘zak (yadro) bilan jihozlangan. microATX standartidagi ba’zi bir tizimli platalar PCI-Express x16 yoki AGP videoadapterini o‘rnatishga yo‘l qo‘yadi.
«Grafik adapter» atamasini «videoadapter» atamasi bilan almashtirsa bo‘ladi, chunki IBM kompaniyasi ishlab chiqargan MDA monoxrom adapterlaridan boshlab hamma videokartalar matnni aks etganidek, tasvirni ham aks etadi.
Videoadapterning ish faoliyati uchun quyidagi komponentlar bo‘lishi kerak:
Video-BIOS;
grafik protsessor;
videoxotira;
raqamli-analogli o‘zgartirgich (DAC);
razyom; – videodrayver.
Do'stlaringiz bilan baham: |