Tizimli blok tarkibiga, odatda, tizimli plata, elektr ta’minot bloki, diskli jamlagichlar, qo‘shimcha qurilmalar uchun razyomlarni va tashqi qurilmali adapterlari yoki kontrollerli kengaytirish platalari kiradi.
O‘z navdatida tizimli platada (ko‘pincha ona plata deb yuriti ladi – motherboard) quyidagilar joylashadi:
mikroprotsessor;
tizimli mikrosxemalar (chipsetlar);
takt impulslar generatori;
TXQ va DXQ modullari (mikrosxemalar);
CMOS-xotira mikrosxemalari;
klaviatura, QMDJ va EMDJ adapterlari;
uzilish kontrollerlari; – taymer.
Ona plata. Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi.
Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm).
Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi
a) b) d)
1.4-rasm. Tizimli blokning konstruksiyasi.
asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi.
Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi inter feys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi.
Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktl ash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar.
Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |