Ta’minot manbayi – tarkibida ShKning alohida va tarmoqli elektr ta’minot tizimi mavjud bo‘lgan blokdir.
Yuqorida keltirilgan bloklarning barchasi har qanday ShK ning asosini tashkil qiladi, ularsiz ShK to‘laqonli kompyuter deb hisoblanmaydi. 1.1-rasmda keltirilgan boshqa qurilmalar protsessor va uning xotirasiga nisbatan tashqi terminal qurilmalarga kiradi. Terminal qurilmalarga quyidagilar kiradi:
foydalanuvchining muloqat vositalari;
axborotni kiritish qurilmalari;
axborotni chiqarish qurilmalari;
aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |