Maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat pedagogika instituti


Qo‘lbola isitish moslamalarini sotish qat’iy ta’qib qilinadi!



Download 0,82 Mb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi0,82 Mb.
#900427
1   2   3   4   5
Bog'liq
Masharipova Shaxruza

Qo‘lbola isitish moslamalarini sotish qat’iy ta’qib qilinadi!
«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan fojialar ortidan mamlakatimizda amal qilayotgan gazdan foydalanish qoidalariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi «Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, sohadagi kamchilik­larni chuqur o‘rganish maqsadida Respublika hamda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Qarorda ko‘p kvartirali uylardagi gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda) — 2 yilda 1 marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlariga esa — 1 yilda 1 marta profilaktik tekshiruvdan o‘tishi lozimligi, dudburonlar va ventilyasiya kanallari har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirilishi shartligi belgilab qo‘yildi. «O‘ztransgaz» AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat», «O‘zdavneftgazinspeksiyasi»ga IIV bilan birgalikda gazdan foydalaniladigan xonadonlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish darajasini taftish va tekshirishdan o‘tkazishni ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Davlat soliq qo‘mitasiga qo‘lbola, nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi. 
Yuqoridagilardan ko‘­ri­nib turibdiki, «Gavhar» mahallasidagi kabi fojialarning oldini olish uchun har birimiz, avvalo, yong‘in xavfsizligi, yoqilg‘ilardan foydalanish qoidalariga mas’­uliyat bilan yondashishimiz talab etiladi. Unutmaylik, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayoti, salomatligi hamma narsadan ustun.
Is gazi o‘zi nima?!
— Is gazi (uglerod oksidi) — rangsiz, ta’msiz, hidsiz bo‘lib, tabiatda eng ko‘p tarqalgan xavfli gazlardan biridir, — deydi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti o‘qituvchisi, katta leytenant Farhod Xo‘jayev. — Kimyoviy formulasi — «CO». Is gazi, asosan, ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi oqibatida vujudga keladi. Havo tarkibida 0,1 foiz uglerod oksidining bo‘lishi inson o‘limiga sabab bo‘ladi. U organizmga tushganda kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Undan zaharlanganda insonning uyqusi keladi, bosh aylanadi, og‘riydi, ko‘z oldi qorong‘ulashib, eshitish qobiliyati pasaya­di, ko‘p terlaydi. Nafas olish og‘irlashib, yo‘tal tutadi. Yurak urishi tezlashadi, qaltiroq bosadi. Gaz, ko‘mir bilan isitiladigan xonadonlarda inson yuqoridagi alomatlarni sezganida zudlik bilan eshik va derazalarini ochib tashlashi, xonani tark etib, ochiq havoga chiqishi, tez tibbiy yordam chaqirishi yoki boshqalardan yordam so‘rashi darkor. 
Is gazidan zaharlanish shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar, avtoulov turargohlari, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalar, uy sharoitida ovqat pishirishga mo‘ljallangan gaz plitalardan xonalarni istitish uchun foydalanilganda, pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi, gazda ishlaydigan nostandart, turli xil uskunalardan foydalanish, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz qurilish me’yorlari va qoidalari talablari buzilgan holatlarda kuzatilmoqda. O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish, gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasi, dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish, xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish, maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek, o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi, gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish baxtsizliklarning qo‘shimcha sabab­laridir. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish