Imloviy sharhlashda imlo qoidalaridan foydalanib qonunda ishlatilgan ayrim so’zlar, jumlalar, ifodalarning ma`nosini aniqlash yo’li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, FKning 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”11 deyiladi. Bu yerda qonun chiqaruvchi “yoki” so’zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan bittasi, ya`ni o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara olmaslikning mavjud bo’lishi yetarli ekanligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |