Maxsus ta’lim vazirligi


III bob. BOSHQARUV MEHNATINING SAMARADORLIGI



Download 114,78 Kb.
bet21/27
Sana30.12.2021
Hajmi114,78 Kb.
#87869
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Ramazon kurs ishi

III bob. BOSHQARUV MEHNATINING SAMARADORLIGI

3.1. Boshqaruv samaradorligining mohiyati va mazmuni,
unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

Tashkilotni boshqarishni amalga oshirish va takomillashtirish ushbu faoliyatning natijaviyligini belgilash, bunda o‘ziga xos o‘lchovlardan foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan «boshqaruvning samaradorligi» tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Boshqaruvning samaradorligi - bu boshqaruv faoliyatining
natijalari va bunda amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish)ning o‘zaro munosabati va o‘zaro hamkorligini aks etuvchi murakkab kategoriyadir. Boshqaruv jarayonining vazifaviy roli — rivojlanishining darajasi va dinamikasini, boshqaruv jarayonining sifatli va
miqdorli tomonlarini aks ettirishdir.

Menejmentning samaradorligi - ko‘p qirrali kategoriyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.

Boshqaruvning samaradorligi bir qator omillarning ta’siri ostida shakllanadi, ularni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash mumkin.

Mazmuni bo‘yicha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, texnik, fiziologik omillar ajratiladi. Ta’sir ko‘rsatish shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali


omillar farqlanadi. Birinchi boshqaruvning samaradorligiga bevosita ikkinchi boshqaruv vositali ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sirning davomiyligi bo‘yicha ta’siri uzoq vaqt davom etmaydigan omillar va ta’siri uzoq vaqt davom etadigan omillar
ajratiladi. Bunda bir xil omillar menejmentning samaradorligi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, boshqasi teskari bog‘lanish bilan bog‘langan.

Ta’sir ko‘rsatishning xarakteri bo‘yicha intensiv va ekstensiv omillar ajratiladi. Birinchi ichki resurslar, ya’ni boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil qilishni takomillashtirish va uning sharoitlarini yaxshilash, boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishni safarbar qilish hisobiga menejmentning samaradorligini oshishini ta’minlaydi. Ikkinchi qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, boshqaruv xodimlarining sonini oshirishni ko‘zda tutadi.

Sanab o‘tilgan omillarning har biri boshqaruv tizimiga o‘zicha
alohida hamda boshqalar bilan birgalikda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Birgalikdagi ijobiy ta’sir ko‘rsatishda ular menejmentning samaradorligi ancha o‘sishini ta’minlaydi (sinergetik samara hisobiga), salbiyda esa uni pasaytiradi.

Menejmentning roli ko‘rsatib o‘tilgan omillarga rejali ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Samaradorlikni o‘sishi tashkilotning barcha darajalaridagi doimiy boshqaruv faoliyatining obyekti bo‘lishi kerak.

Tashkilotning boshqaruv tizimini samarali faoliyat yuritish uning har bir elementi (tashkiliy tuzilma, xodimlar, boshqaruv usullari va jarayonlari, hujjatlar aylanishi va h.k.) uning oldiga qo‘yilgan o‘ziga xos talablarga javob berishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, u umuman boshqaruv tizimi, uning maqsadlari va
vazifalariga hamda tizimning u bevosita bogliqlikda bo‘lgan elementlariga mos keladi.

Bundan tashqari hozirgi sharoitlarda tashkilotlarni, ayniqsa tijorat tashkilotlarini boshqarishning samaradorligiga ularning tashqi muhitining holati muhim va borgan sari o‘sib boruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Boshqaruv maqsadi:

Maqsad — bu muddao, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini o‘z orzularining ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz bo‘lajak harakatlarimizni oldindan
aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq sohaga ishga yo‘naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi.

Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun juda zarurdir. Chunki, aynan shu maqsadga binoan boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi va lavozimlarni belgilash, kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi.




Download 114,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish