Tayanch iboralari:
Ruyxatga olish, kanselariya, nazorat kilish, xujjatlar ijrosi, nazorat, kartoteka, kalendar shkala, xujjatlar aylanishi, kul mexnati, kirim korrespondensiyasi, chikim xujjat.
Savollar.
Xujjatni ruyxatga kuyishdan asosiy maksad nima?
Xujjatlarni ruyxatga kuyishda devonxona xodimlarining asosiy roli nimadan iborat?
Xujjatlar ijrosini kim nazorat kiladi?
Xujjatlar ijrosi nimalar yordamida nazorat kilinadi?
Korxonada ish yuritish kanday tashkil etilishi lozim?
Xujjatlarni unifikatsiyalash deganda nimani tushunasiz?
Asosiy adabiyotlar
1.Gulomov S.S., Axmedov D.K. Kichik va xususiy tadbirkorlik asoslari. T.2002
2. Ish yuritish asoslari. Toshkent . Ukituvchi. 2003.
3.Tomsinov V.A. Vneshnetorgovыe sdelki: Prakticheskie rekomendatsii po sostavleniyu kontraktov. M.2004.
4. pon-3693@mvb.vizavi.ru
5. rev-3701@mvb.vizavi.ru.
12-mavzu. Bozor iktisodiyoti sharoitida ish yuritishni
takomillashtirishning asosiy yunalishlari.
1.Ish yuritishni ixchamlashtirishning asosiy yunalishlari.
2. Ish yuritishni takomillashtirish yullari.
3. Ishlab chikarishda xujjatlardan samarali foydalanish.
1.Ish yuritishni ixchamlashtirishning asosiy yunalishlari.
Bozor iktisodiyotiga utish munosabati bilan iktisodiyotning barcha soxalarida isloxotlar olib borilmokda, chunonchi ish yuritish soxasida xam bir kancha kamchiliklar mavjud ediki, ularni tezdan bartaraf etishga tugri kelmokda. Buning uchun bu soxada avvalo xujjatlar bilan ishlashga etibor berish xamda iloji boricha ish yuritish jarayonini ixchamlashtirish lozim. CHunki raxbarlar xujjatlarni kabul kilganda ular nechoglik sodda va ixcham bulishi, uning vaktini kup egallamasligi lozim.
Tashkilot, korxona va firmalardagi ishni ishlab chikarish tarakkiyotiga muvofik tashkil etishda va takomillashtirishda xujjatlarning urni va axamiyati bekiyosdir.
Uzbekiston mustakilligi elon kilinishi munosabati bilan, bozor iktisodiyotiga utish lozimligi tufayli Respublikamizda yangi vaziyat paydo bula boshladi. Iktisodiyotni bozor munosabatlariga utkazishga karatilgan chora-tadbirlar korxona mustakilligini kuchaytirishga olib kelmokda. Undan tashkari aralash va xususiy mulk asosida xar xil ishbilarmonlik korxonalari tashkil kilinmokda. Bu sharoitda ularning ish natijasiga bulgan masuliyati jiddiy ortib bormokda, bu uz yulida raxbarlarning xam mustakilligini oshirmokda. Raxbar korxonaning yukori samarasini taminlab boshkarish kabi dolzarb masalani xal kilishi lozim. Boshkarish maxoratini chukur egallash uchun xar kanday raxbar uz malakasini oshirishi, kayta ukishi va uz tajribasini oshirishi ayniksa xozirgi zamon talabidir.
Xozirgi sharoitda texnikaning rivojlanishi va axborot tizimining tezligi korxona, tashkilot va turli firmalarda ish yuritishni yaxshi yulga kuyibgina kolmay, balki uni samarali va tez yulga kuyilishi kuzda tutilmokda.
Uzbek tili Davlat tili makomini olgan korxona va tashkilotlarda ish yuritish yani xujjatlar bilan ishlash uzbek tilida olib borilmokda. Bu esa uz navbatida boshkaruv xodimlarining ishlarini engillashtirmokda.
Respublikamizda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi yulga kuyilmokdi va ana shu bilan birga internet orkali chet el tajribalaridan foydalanilgan xolda axborotlarni uzatish, xatlarni junatish, fikr almashinish xattoki shartnomalar tuzish ishlari xam amalga oshirilmokda.
SHu sababli korxonalarning xar bir bulimlarida kompyuterlarga extiyoj ortib bormokda. Ilgari kerakli xujjatlarni turli xil kataloglardan kidirib topib, shaxs egalariga topshirguncha ancha vakt sarflanardi. Xozir esa xujjatlar, ish papkalari, shartnomalar va boshka xil xujjatlar kompyuterga yuklanib arxivning kaysi katorida kaysi xujjat saklanishini osonlik bilan topish mumkin. Bu esa uz navbatida vaktni va kogozni tejashga olib kelmokda.
Xar kanday karorni tayyorlanishi va uni xodimlarga etkazilishida xam kopyuterdan foydalanilmokda. Bundan tashkari karorlar, yangi konun-koidalarni va shu kabi ishlarni tez etkazish borasida faks va zamonaviy axborot vositalaridan unumli foydalanilmokda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatlardan biri tadbirkorlarga kulayliklar yaratishdir. Bu kulayliklar bular bulmas xujjatlarni tuldirish, ularni tegishli shaxslarga olib borib imzolatish va ana shu kabilarga chek kuyishdan iboratdir. Tadbirkor yangi ish yuritmokchi bulsa turli tashkilot va firmalarga kechayu-kunduz xisobot berishi va ularga uz faoliyatini maksadini tushuntirib berish kabi ishlardan ozod bulmokda. Bu uz navbatida korxonalarda ish yuritishni ixchamlashtirib, samara bermokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |