2. Ish yuritish sistemasi va uning turlari.
Ishlar xarakteri va xajmiga, shuningdek, korxonaning strukturali bulinishiga kura ish yuritishni tashkil kilishning kuyidagi sistemalari kullaniladi:
Markazlashtirilgan.
Markazlashmagan.
Aralash sistemasi.
Ish yuritishning markazlashtirilgan sistemasi asosiy ish yuritish operatsiyalarini tula markazlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlar bir yoki bir necha shaxs yoki bulinma tomonidan amalga oshiriladi. Bu sistemada ish yuritish vazifasi kotibaga, ayrim mutaxasislarga va bugalteriya xodimlariga yuklanadigan kichikrok korxonalarda kullaniladi.
Markazlashmagan sistemada ish yuritishga oid ishlar strukturali bulinmalarda tuplangan bulib, bu erda sekretarlar yoki bir gurux ish yurituvchilar xujjatlarni ishlash bilan boglik barcha ishlarni amalga oshiradi.
Eng keng tarkalgan sistema bu ish yuritishning aralash sistemasi bulib, unda jarayonlarning bir kismi markazlashgan tartibda va kismi esa markazlashmagan tartibda bajariladi. Korxonalar, firmalar kaysi guruxga kirishini xujjat aylanishiga karab, yani yil mobaynida kayta ishlanadigan mikdoriga karab aniklanadi.
Tashkiliy strukturasi murakkab va xujjatlar aylanishi katta bulgan muassasalarda ish yuritishni tashkil etishning aralash sistemasi kullaniladi. Bu sistemada bir xil operatsiyalar: xujjatlarni kabul kilish, junatish, kupaytirish, ijroni nazorat kilish jarayonlari markazlashtiriladi. Xizmat xujjatlaridan foydalanish jarayonlari esa turli bulimlar (buxgalteriya, iktisod bulimi, texnologiya bulim va xakazo) buyicha olib boriladi.
Bu sistemalarning kaysi birini kullash korxonaning ish sharoitiga, bulimlarning uzok-yakin joylashganligiga, ularning ish xajmi va xarakteriga boglik. Ammo xar uch xolatda xam ish yuritishning maksadi junatiladigan chikim, keladigan kirim va idora ichidagi ichki xujjatlarni anik, madaniy yuksak tarzda va uz vaktida rasmiylashtirishdan, delolarni, shtamp va pechatlarni belgilangan tartibda yaxshi saklashdan, kelgan kishilarga dikkat etibor bilan xizmat kilishdan iborat.
Korxonalarda ish yuritishning kanday sistemasi kullanilishidan katiy nazar, kuyidagi prinsiplar uning asosini tashkil etishi lozim.
1.Korxonaning barcha bulinmalarida xujjatlar kabul kilishning bir xil usllari, xujjat formalari, ijroni nazorat kilish kabu usullar kullanilishi kerak.
2.Korrespondensiya bir joyda kabul kilib olinishi va kayd kilinishi lozim.
3.Xujjatlar bir marta kayd kilinishi kerak. Kayd kilish sistemasi xujjatlarni ijro etishni nazorat kilish sistemasi bilan uzaro boglangan bulishi kerak.
4.Xujjatlar ijro etilish boskichlarida shunday saklanishi kerakki, toki zarur malumotnomani tuzish uchun kerakli xujjatni tez topish mumkin bulsin.
5.Xujjatlar eng yukori tezlik bilan xamda eng kam mexnat sarflangan xolda doiraviy aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |