2. Ish yuritish xodimlari mexnatini tashkil etishning asosiy yunalishlari.
Ish yuritish xodimlari mexnatini tashkil etishning asosiy yunalishi kuyidagilardan iborat:
Ish vaktini ratsional taksimlash. Ish vaktini
maksadga muvofik tashkil etish ish unumini oshiradi. Ish vaktini tashkil kilish va natijasini taxlil kilish maksadga muvofikdir.
Ish yuritish xodimlari uchun uz vaktlarini boshkarishning samarali tizimini yaratishdagi muxim kadam faoliyat maksadlarini aniklashdan iboratdir. Faoliyat maksadlari xam kiska muddatga, xam uzok muddatga muljallangan bulishi mumkin. Maksadlar asosida boshkarish kushimcha kuch-gayrat sarflash bilan boglik emas, chunki ular rejalashtirish jarayonlariga asoslanadi, unda belgilangan xarakatlar yoki tadbirlarning bajarilish muddatlari kursatilgan buladi.
Raxbar tomonidan belgilangan maksadlarning amalga oshirilishi zarur bulgan xarakatlarni belgilab kolmasdan, shu bilan birga ularning ijrosini ragbatlantiradi xam. Raxbar belgilashi lozim bulgan maksadlar kuyidagicha bulishi kerak:
xakikiy va anik bulishi;
faoliyatni amalga oshirishga emas, balki muayyan natijaga erishishga karatilgan bulishi;
vakt jixatidan anik muddat bilan ulchanadigan va cheklanadigan bulishi.
Maksadlarni aniklash bu fakat boshlangich boskichdir. Maksadni uni amalga oshirish yuzasidan xarakat rejasiga aylantirish kerak. Mavjud maksadlar va vazifalarning muximlik darajasini aniklash xamda ulardan kaysilari xammadan kura muximrok, kaysilarini xal etishni esa tuxtatib turish mumkinligini belgilab olish zarur. Muximlik darajasini aniklash vazifasini muvaffakiyatli xal kilish xodimning ishi samarali bulishiga kuchli tasir kiladi.
Xodimning uz maksadiga erishishining muxim sharti uning uz ish vaktini ana shu maksadlarga olib keladigan tadbirlarni amalga oshirishga sarflashdan iboratdir.
Xodimning xar kuni uz ish vaktida kanday kilib maksadga muvofikrok foydalanish tugrisida karorlar kabul kilishiga tugri keladi. SHuning uchun xam ish vaktini rejalashtirish va kutilgan natijalarni uzviy ravishda boglay olish ancha muximdir.
1.SHaxsiy ish rejasini tuzib olish. Xar bir ish yuritish xodimining ish yuritish rejasini davrlarini joriy etishi umuman vaziyatga anik baxo berishiga imkon tugdiradi, asosiy narsani ajratishiga yordam beradi va xujjatlarni ijro etish darajasini oshiradi. SHu sababli xodim ish vaktini rejalashtirishda iloji boricha yaxshirok natijalarga erishmogi uchun u rejalashtirish davrlari: kun, xafta, oy, yil rejalarini tuzadi va undan unumli foydalanishi lozim.
Rejalashtirish davrlari ichida xodim uchun eng muximi kun xisoblanadi. Kunni rejalashtirish uziga berilgan vakt mobaynidagi muayyan xarakatlarni belgilab olishni uz ichiga oladi va fakat maksadni, istakni yoki muddaolarni aniklash bilan chegaralanmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan yashash uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun amalga oshirilishi lozim bulgan barcha ishlarning jamidan iborat buladi va raxbarga ish vaktidan samarali foydalanish uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard maksadlarini ularning axamiyatiga karab belgilab beradi.
Ish yuritish xodimlarining xaftalik ish rejasi eng murakkab reja xisoblanadi.
Xaftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan alokalarni aniklash va ularni amalga oshirish usullarini belgilab chikish tavsiya etiladi.
Ish xaftasi tamom bulgandan keyin xaftalik vaktdan foydalanish rejasiga va erishilgan pirovard natijalarga baxo berish zarur buladi.
Oylik rejalarida kuyilgan barcha maksadlarga erishish va uni amalga oshirish uchun barcha xujjatlar ijro etilishi nazorat kilinadi va natijada kilingan barcha ishlar yuzasidan xisobot beriladi.
Yillik rejalashtirishning muxim bugini faoliyatning zarur yunalishlarini belgilab chikishdir. Ana shu muxim natijalar asosida ish yuritish xodimi shaxsiy faoliyat rejasini va shu yil uchun muljallangan byudjetni ishlab chikishi lozim. Sungra uning ixtiyorida bulgan vakt kalendar ish rejasida aloxida tashkil etiladi va u iloji boricha anik bulishi zarur.