Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari



Download 2,6 Mb.
bet9/147
Sana22.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#691093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147
Bog'liq
Bux. his. O\'UM 2021

1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari
Bozor munosabatlariga o‘tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyutsion yo‘l bilan metodologik, tashkiliy va texnik o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. SHunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. SHu maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat dasturida islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-O‘zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi, xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini ko‘paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish;
-xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng munosabatda va aloqada bo‘lish;
-O‘zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o‘z vahtida sifatli etkazib berishdir.
Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning xalqaro meyorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi. Xalqaro qoidalarga muvofiq mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va meyoriy hujjatlarida belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi:
-buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi;
-moliya - xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi;
-buxgalteriya hisobining haqiqiy holatga mos kelishi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini nazorat qilish mustaqil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgaradi.
Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta’kidlaydi «Agar hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib olgan holda yuritib, shu bilan g‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish va moliya buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin bo‘ladi.
Ularning vazifalariga to‘xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb, yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish manfaatini ko‘zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshqarish maqsadida yuritiladi. Hisobchilikning bunday tartibiga o‘tish har xil darajadagi boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashni sezilarli ravishda takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini beradi».
Ammo K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning fikricha, «Buxgalteriya hisobini rivojlantirishda bir narsaga alohida etiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa, buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina hisob ma’lumotlari doirasini, mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni olishga ketadigan xarajatlarni va boshqaruv ob’ektlarini aks ettirish usullarini kengaytirish asosida bo‘lmasligi kerak. CHunki, bu omillar hisob ishlari hajmining o‘zini oqlamagan tarzda o‘sish va buning oqibatida boshqaruv tizimining talabga javob bermasligi hamda uning yuritilishida soxtalik yuz berish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin».
SHuningdek, olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining foydaliligi to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarda olinayotgan barcha ma’lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga boshqaruvning ma’lumotga ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan».
Demak, ushbu olimlar fikricha, buxgalteriya hisobi hozirgi sharoitda o‘zining funksiyasini 50 foizga bajarmoqda. Hozirgi paytda ayrim korxonalarimizning zarar bilan ishlashi va moliyaviy barqarorligi mavjud emasligining bilvosita sabablaridan biri buxgalteriya hisobi bilan bog‘oliq ekan. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobini korxonalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatmoqda va uni uzluksiz ravishda rivojlantirishni taqozo etadi.
Ammo bozor munosabatlari sharoitida xo‘jaliklarda mavjud hisob tizimi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitidagidan keskin farq qiladi, ya’ni u moliyaviy hisob va boshqaruv hisobidan tashkil topadi.
SHunday qilib, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish