Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


 Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

26.3. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish 
Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori bo‘yicha hususiy 
kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan qolgan xo‘jalik yurituvchi 
subektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof foydasidir. 
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotida korxonaning 
hisobot yili bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi. 
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so‘ng hisobot yilining 
taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 
schyotidan 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o‘tkaziladi. 
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 
schyoti, agar xo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari va to‘langan dividendlari ko‘p bo‘lsa, 
Debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan 
jamg‘arilgan foydani kamaytirishga o‘tkaziladi: Dt 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», 
Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti. 
Taqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 
8520-Zaxira kapitali» schyoti. 
Taqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyoti debetlanib, 6610- «To‘lanadigan 
dividendlar» schyoti kreditlanadi. dividendlar to‘langanda, 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyoti 
debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. pul mablag‘lari bilan yoki 
9010- «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot 
bilan to‘lansa, shu bilan birga natura shaklida to‘langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- 
«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» 
schyoti kreditlanadi. 
4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti - dividendlar aksiyalar 
bilan to‘lansa, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - 
orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, 
bankning hisob - kitob schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko‘chirmasi va boshqa hujjatlar 
hisoblanadi. CHorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va yillik hisobot 
shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Qisqa xulosa 
Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, 
balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko‘rinishida 
ma’lum davrga aks etishidir. SHuningdek, korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo‘lgan xarajatlar 
va daromadlarni tan olish, dastlabki hisob ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya 
hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri hisobga olishning nazariy –uslubiy asoslarini mukammallashtirish hisob 
tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga erishiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish