184
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar», Kt 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» schyoti.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi
schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi», 9120-«Sotilgan
tovarlarning tannarxi» va 9130-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu
schyotlar tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti esa
kamayishini ko‘rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar uchun hisoblashish
hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)larning haqiqiy tannarxiga
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110
yoki 9130-schyoti debetlanadi.
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy tannarxi faqat kalendar
yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va 9130- schyotlarning debetida yil davomida
sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning reja tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va
xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar» -
ombordagi yoki ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga, Dt 9110-«Sotilgan
mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» - sotilgan
mahsulot, ishlar, xizmatlarga tegishli farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-
«YOrdamchi ishlab chiqarish».
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi buxgalteriya o‘tkazmalar
oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa - qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy
tannarxga etkazib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi»
va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining debet oborotlari yakuniy moliyaviy
natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt
9910-«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
SHunday qilib, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetida hisobot davrida sotilgan
mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni
sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy
natija» schyotining debet va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar
va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: