24.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish
Qaytarilmaydigan ma’lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun tayinlangan maqsadli
tushumlar, mablag‘lar holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari hamda boshqa mablag‘larning
kirimi ularning sarflanishi to‘g‘risidagi axborot quyidagi: 8810-«Grantlar», 8820-«Subsidiyalar»,
8830-«A’zolik badallari», 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 8890-«Boshqa
maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi
YUqorida ko‘rsatilgan tushumlarni xususiy kapital sifatida aks ettirishning quyidagi shartlari
mavjud: a) maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalanish; b) mablag‘larni jalb etish bilan bog‘liq
xarajatlarning sodir bo‘lmasigi; v) ma’lum shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.
Grant - bu iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish, ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini
bajarish uchun ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar bo‘yicha korxonaga qaytarib olmaslik sharti bilan davlat,
shuningdek, nodavlat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar pul
yoki moddiy-texnika yordamidir. Grant mablag‘lari qat’iy maqsadli tayinlanishi bo‘yicha
foydalaniladi.
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan korxonaga
xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan summa korxonada quyidagicha
rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari», Kt 8810-«Grantlar» schyoti.
Grant bo‘yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki
mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt - Pul mablag‘larini hisobga oladigan (5110-
5530), kapital qo‘yilmalar (0800), O‘rnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa schyotlar, Kt -
4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti.
CHet el valyutalarida olingan grantlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir bo‘lish kuniga belgilangan kurs bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy valyutasiga aylantiriladi.
8820-«Subsidiyalar» schyoti mavjud ajratilgan subsidiyalar, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirishga
qiziqtirish maqsadida ma’lum shartlar bilan davlat tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura yordami
harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat subsidiyalarining
hisobi milliy standartga asosan yuritiladi.
43
Ushbu standart bo‘yicha hisob yuritish qoidalari quyidagi
hollarda amal qilmaydi: narxlarning o‘zgarishiga tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish;
hukumat tomonidan korxonaga foydadan ajratma solig‘i bo‘yicha berilgan yangilliklar yoki foydadan
ajratma solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning qatnashishi va
boshqalar.
43
O‘zR Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan ro‘yxatga olingan 10-sonli «Davlat subsidiyalarini hisobga olish va
davlat yordamini yoritilishi» BHMS ga 1998 yil 3 dekabr
180
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda uning operatsion
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib
berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda baholab bo‘lmaydigan, shuningdek
kompaniyaning odatdagi savdo muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan
operatsiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
Aktivga o‘tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya tomonidan uzoq
muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda qanday aktivlar sotib olinishi, ularning
joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish yoki tasarruf etish muddati ko‘rsatiladi. Daromadga
o‘tkaziladigan subsidiyalar - bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. SHartli
qaytarilmaydigan qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma’lum shartlar
bajarilgandan so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi.
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga qo‘yilgan shartlarga
mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan olinmaydi.
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta’sir qilmaydi. Demak, sub’sidiyalar
pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni kamaytirish shaklida olinadimi, bir xilda
hisobga olinadi.
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to‘g‘ri kelsa davlat subsidiyalari o‘sha
davrning daromadi deb tan olinadi. Ular bevosita kapital schyotiga kreditlanmaydi.
Amortizatsiyalanuvchi aktivlarga tegishli subsidiyalar odatda mazkur obektlarga amortizatsiya
hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya miqdorida daromad deb tan olinadi.
Amortizatsiyalanmaydigan aktivlarga tegishli subsidiyalar ma’lum majburiyatlarni bajarishni
talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lgan davr ichida
daromadga o‘tkaziladi. Masalan, er uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish
sharti bilan cheklangan bo‘lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati ichida
daromad sifatida tan olinishi mumkin.
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday xarajatlar qilmaslik
sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam tarzida berilgan davlat
subsidiyasi olingan davrda daromad deb tan olinadi.
Aktivlarga tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo‘yicha pulsiz subsidiyalar ham,
balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning balans qiymatini topish uchun uni ayirib
tashlab ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar summasiga
korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari», Kt 8820-
«Subsidiyalar» schyoti.
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini hisobga oladigan (5110-
5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti kreditlanadi.
Tegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar zaxira kapitaliga
o‘tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar», 8820 «Subsidiyalar», Kt 8520
«Zaxira kapitali» schyoti.
8830 «A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik
badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi quyidagi provodka bilan
rasmiylashtiriladi: Dt “Pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar”, Kt 8830 «A’zolik badallari»
schyoti.
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida maqsadli vazifalarni
bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari maktabgacha yoshdagi
bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs
va tashkilotlarning bolalar muassasalarini saqlash uchun o‘tkazib bergan mablag‘lari. SHuningdek
konservatsiya qilingan obektlarni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli mablag‘larning
yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi.
181
Bu schyotlar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalarning sintetik va analitik hisobi 12-jurnal-orderda
olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning
hisob-kitob schyotidan bergan ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |