4-rasm. YECh ni joylashtirishga oid chizma.
YEChning shakli shunday tanlanishi kerakki, ko`tarilayotgan tuproq qatlami lemex va ag`dargich ishchi sirtida to`liq joylashishi, harakatlanayotgan
tuproq korpusning yuqorgi qirrasidan oshib, orqasiga to`kilmasligi kerak. Ushbu
shartni ta`minlash uchun YECh sifatida radiusi R bo`lgan doiraning bir qismi
qabul qilinadi. Bunda DgQ`u chizig`ining uzunligi (4-rasm) yoyning uzunligi DgQu ga teng yoki kichik bo`lishi kerak.
YEChni chizmasini vatman qag`ozining biror bo`sh joyiga joylashtirilishi
mumukin. Ammo, keyinchalik undan foydalanish qulay bo`lishi uchun, uni 3-chi rasmda ko`rsatilganidek joylashtirilgani ma`qul.
Korpusning gorizantal ko`rinish chizmasini qurishni boshlash uchun korpusning old ko`rinishidagi A nuqtaning proksiyasini shudgor devoir chizig`ini davom ettirib qag`ozning pastki chetidan chiziq bo`ylab 20....30 mm
yuqorida Ag nuqta belgilanadi va undan shudgor devoriga nisbatan berilgan γ0
burchak ostida lemex tig`ini bildiruvchi chiziq o`tkaziladi. Unga D nuqtayb
proyeksiyalab, lamex tig`ining uzunligi AgDg aniqlanadi. Universal korpuslar
uchun lemex uzunligining oxirgi nuqtasi Dg dan AgDg ga perpendikulyar chiziq o`tkaziladi. DgQ`u to`g`ri chiziqda YEChning gorizantal tekislikdagi
proyeksiyasi yotadi.
Agar madaniy korpus loyixalanayotgan bo`lsa, YECh joylashgan tekislik
lemex uzunligining bo`lagida Dk (4-rasm) nuqtadan o`tgan tekislikda joylashgan bo`ladi.
YEChning lemex tig`iga perpendikulyar (DgQu) tekislikdagi ko„rinishini
qurish uchun AgDg chiziqning davomidan, loyihalash uchun qulay joydan L
nuqta belgilanadi va uni koordinata markazi etib tanlanadi, koordinata o`qlari
OX va OU o`qlari o`tkaziladi, YECh ning gorizantal tekislikdagi proyeksiyasi DgQu OX o`qiga parallel bo`lganligi uchun uni shudgor tubi deb qabul qilinadi.
L nuqtadan (3 va 5 - rasm) berilgan burchagi ostida qiya chiziq va ushbu chiziqqa perpendikulyar chiziq o„tqaziladi. Formula (1) yordamida hisoblab topilgan radius Rmin yordamida O markaz topiladi va markaz atrofida radiusi Rmin min ga teng yoy chiziladi. O nuqtadan OX o`qiga(shudgor tubi tekisligiga) parallel chiziq o`tkazilib, uning yoy bilan kesishgan joyida R nuqtasi
belgilanadi. Yoyning R nuqtasidan urinma o„tkazilib, uning qiya chiziq bilan
kesishgan joyi, J nuqta belgilanadi. LJ chizig`iga lemexning eni ( B1=105 yoki
122 mm) va uning to`g`ri chiziqli qismining eni S qiymatlari masshtabda qo`yiladi va tegishli N va m belgilar bilan belgilanadi. S ning qiymati shudgorlash chuqurligi α ga bog`liq ravishda (α = 25...35 sm bo`lganda S=60
mm) qabul qilinadi.
L nuqtadan yuqoriga balanligi va oraliqlari korpusning old ko`rinishi sxemasiga chizilgan yasovchilarga teng bo`lgan yasovchilar o`tkaziladi. Nj va Rj
kesmalar teng bo`laklakrga bo`linadi, bo`laklar nuqtalarini bir xil belgilar bilan
belgilab, ularni o`zaro tutashtiriladi va ular asosida parabola (NR) quriladi.
Silindroid sirtli madaniy korpus
Do'stlaringiz bilan baham: |