Korpus ishchi sirtining gorizantal
proyeksiyasi sxemasini qurish
Korpus ishchi sirtining gorizantal proyeksiyasini qurishning boshlangich qismida lemexning tig`i, YECh ning proyeksiyasi, DgQu chizilgan va unda yasovchilar o`tkaziladigan 1, 2, 3....10 nuqtalar belgilangan edi. Endi shu nuqtalarning har biriga o`zlariga mos keladigan γ1 , γ2 , γ3 … γ10 burchaklar ostida 1-1, 2-2, ... 10-10 chi yasovchilar o„tkaziladi.
Yasovchilarni o`tkazishda γ burchaklarining tg γi funksiyasidan foydalanish qulayroqdir. Buning uchun chizma qog„ozining ochiq joyidan shudgor devoriga parallel, uzunligi 100 mm ga teng bo`lgan TuAu chizig`i chiziladi. TuAu chizig`ining Tu nuqtasidan perpendikulyar chiziq TuDu o`tkaziladi. Izlanayotgan yasovchinining shudgar devoriga engashish burchagini qurish uchun TuDu chizig`i ustiga 100 tg γi (mm. larda) masofa ( ) ni o`lchab qo`yiladi, Di nuqta belgilanadi va uni Au nuqta bilan birlashtiriladi. Hosil bo`lgan Au Di chiziqni korpusning gorizantal proyeksiyasidagi YECh ning yasovchisi o`tkaziladigan nuqtasiga parallel ko`chiriladi. Korpus ishchi sirtining gorizantal proyeksiyasidagi boshqa yasovchilar ham xuddi shu tarzda o`tkaziladi.
Barcha yasovchilari o`tqazilgandan keyin, korpusning old ko`rinishi tashqi konturi bilan yasovchilarining kesishgan nuqtalari gorizantal tekislikdagi o`ziga mos keladigan yasovchilarga proyeksiyalanadi. Korpusning old ko`rinishdagi dala tamon qirrasining yasovchilar bilan kesishgan nuqtalarining gorizantal tekislikdagi proyeksiyalarini qurishni soddalashtirish maqsadida, K nuqtaning gorizantal proyeksiyasi Kg (zarur bo`lgan hollarda qo„shimcha yasovchilar o`tkazish yo`li bilan)nuqtasi topiladi, uni lemex uchi bilan to`g`ri chiziq yordamida birlashtiriladi. Korpusning ust ko`rinishdagi yasovchilar bilan kesishgan boshqa nuqtalarni, yasovchilarning gorizantal proyeksiyasiga tushiriladi va tekis egri chiziq yordamida ketma-ket tutashtirilib, korpus ishchi sirtiining tashqi konturi chiziladi. Bunda ag`dargich qanoti madaniy korpuslar kamroq egilgan, universal korpuslar uchun esa ko`proq egilgan sirtmoqsimon shakl yoki tus olgan bo`ladi.
Hosil bo`lgan korpusning gorizantal proyeksiyasi konturining orqa qismidagi egri egilgan qismlariga urunma o`tkazib, ag`dargichning orqa qisimi hosil qilinadi. Korpusning gorizantal proyeksiyasida lemexning orqa qismining proyeksiyasini qurish uchun ag`dargichning shudgor tamon qirrasi hqo`sh va balandlikdan o`tkazilgan yasovchining o`zaro tutashgan nuqtasi G` ni lemex tig`ining oxirgi nuqtasi bilan to`g`ri chiziq yordamida tutashtiriladi.
Korpus ishchi sirtining old ko`rinish proyeksiyasini tugallash uchun, hqo`sh yasovchining past qismiga, unga parallel bo`lgan yasovchilar o`tkaziladi, ularning gorizantal proyeksiyalarining engashish burchaklari aniqlanib, gorizantal proyeksiyalari belgilanadi. Lemexning gorizantal proyeksiyasidan o`kazilgan yasovchilarning lemex orqa qismi qirrasi bilan kesishgan nuqtalarni korpusning old ko„rinishidagi o`zlariga mos yasovchilarga proyeksiyalanadi, tegishli nuqtalar topiladi. N … F nuqtalar egri chiziq shaklida birlashtirilib, lemex va korpusni qurish yakunlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Shoumarova M.Sh., Abdillayev T. Qishlok xo'jaligi mashinalari. Toshkent
“Mexnat”, 2009.
2. Xamidov A. Qishlo q xo`jaligi mashinalarini loyixalash, Darslik. –Toshkent: O`qituvchi, 1991.- 245 b
3. Lemken firmasini reklama prospektilari.
4. Klyonin N.I. va boshqalar. Selskoxozyaystvene mashin. Moskva, «Kolos ». 2005
Do'stlaringiz bilan baham: |