Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
«Og‘zaki metod» haqida so’zlab bering
«Sof og‘zaki metod» haqida so’zlab bering
«Manualizm» nazariy konsepsiyaisnini yoritib bering
«Total kommunikatsiyani» haqida so’zlab bering
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
. Зайцева Г.Л., Дактилология. Жестовая речь. Учебное пособие, М.: 2000 г
Pо‘latova P.M, Maxsus pedagogika, Т.:2014.
Qo`shimcha adabiyotlar
Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.
Базоев В.З., Паленний В.А. Человек из мира тишины ИКТС. - М.: Академ книга, 2002.
Назарова Н.М. Специальная педагогика. - М.: Академия, 2000.
4-Mavzu
Kar va zaif bolalarni daktil nutqini egalashning psixologik xususiyatlari
REJA:
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari
Daktilologiya – karlar nutqining asosiy formasi sifatida.
Tayanch so’zlar va iboralar : daktil nutq, psixologik xususiyat, og’zaki nutq eshitish analizatori, surdopedagogika, ovoz balandligi, zaif eshituvchi, maxsus vositalar.
ENB bolalarda, ularning nuqson tuzilishi, idroq etish xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, eshitish funksiyasi nuqsonini silliqlash va kompensatsiyalash maqsadida ta’lim-tarbiyasining dastlabki kunidanoq og‘zaki nutq bilan bir qatorda daktil va yozma nutqni idroq etish, tushunish va ifodalash zaruriyati tug‘iladi. Ya’ni, bunday bolalarning og‘zaki nutqi, yozma, daktil nutqlar yordamida parallel ravishda o‘stiradi. Eshituvchi bolalarda esa avval og‘zaki nutq shakllantirilib keyin o‘qishga o‘tiladi.
Hozirgi davrda asosiy vosita bo‘lib og‘zaki va yozma, yordamchi bo‘lib daktil va imo ishora nutqi tan olindi. Daktil va imo ishora nutqi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab internatlarda o‘quv tarbiya ishini yordamchi vositasi sifatida ko‘riladi.
Daktil nutq vizual (ko‘ruv) tarzda qabul qilinadi. Daktillash jarayonida so‘zlarning xarf tarkibini barmoqlar xarakatlari orqali ifodasini o‘qish kuzatiladi.
Daktillash jarayonida fakatgina havoda yezilaetgan, alohida daktilemalar ko‘rinadi.. Daktil belgi keyingisi belgi ko‘rsatilishi bilanoq g‘oyib bo‘ladi. Xattoki, qayta daktillangandan so‘ng xam so‘zni bir butun ko‘rish imkoni yo‘q. So‘zni, gapni doim daktillangan xarflarning (daktilemalarning) umumiy miqdoridan fikrdan tuzish lozim.
Daktil belgilar ma’nolari faqatgina daktil alifbossini o‘zlashtirgan insonlargagina tushunarlidir. Daktil xarflar (belgilar) so‘z tarzida yezilib xarfli tekst sifatida qabul qilinadi. Shu tariqa, daktil nutq og‘zaki nutq shakli xisoblanadi.
Daktil nutq negizida yozma nutqqa, bajaruvchi vazifasi bo‘yicha esa og‘zaki nutqqa o‘xshaydi.
Psixologik nuktai nazardan olib karaganda yozma nutq og‘zaki nutqga karaganda ancha kiyin formadir. U ancha chal- kash, ancha abstrakt, bola uni og‘zakiga karaganda kechrok ega- laydi. Kar bolaga kelsak uning uchun yozma nutq ma’lum manoda og‘zaki nutqga karaganda uz afzalliklariga ega. Uni idrok kilish uchun eshitish kerak emas, kurish esa karlarda saklangan.
Yozma nutq og‘zaki nutq asosida rivojlanadi va shakllanadi. Boshqa tomondan yozma nutqni egallash og‘zaki nutq shakl- lanishiga yordam beradi.
Normal eshituvchi va gapiruvchi bola ma’lum mikdorda so‘z boyligiga ega bulgan xolda va deyarli gap tuzish ko‘nikma- larini bilgan xolda yozma nutqni egallay boshlaydi. Kar bola esa nutqning bu formasini bunday mustaxkam asosga ega bulmagan xolda egallaydi. Kar bola uchun gapning grammatik tuzilishi, so‘z birikmasi koidalari, so‘zlarni grammatik bog- lanishini urganish bir muncha kiyindir. Karlarning yozma nutqidagi kup uchradigan va ularga xarakterli bulgan xatolar tipi bu agrammatizmlardir, yani grammatik usullarni kul- lashdagi xatolardir. Kar bolalar uzlarining yozma ishlari- da so‘zlarni asosiy manosiga tugri kelmagan xolda kullay- dilar, gap bulaklari va kumakchilarni tushirib koldiradi-lar. Karlarning mustakil yozma nutqlarida vokeani baen etishda uning tartibi va mantikida kamchiliklar kuzatiladi. Karlar nutqiy materialni baen etishda reja tuzishga kiyna-ladilar. Baenda ular asosiy kism kolib, ikkilamchi narsa- larni tasvirlaydilar.
O‘qishda esa kar bola matnni so‘zma-so‘z idrok kilishga va muloxoza yuritishga xarakat kiladi. Bu yerda u so‘zlar boshqa so‘zlarga birikkanda umuman boshqacha ma’no kelib chikishni xisobga olmaydi.
Daktilologiya – karlar nutqining asosiy formasi sifatida.
Daktilologiya – bu karla va zaif eshituvchi bolalar nutqining asosiy formasidir. U uz xarakteri bilan imo- ishora nutqiga karaganda og‘zaki nutqga yakin turadi. Kup ji-xatlari usha nutqni eslatadi. Lekin uni ifoda vositasi gra-fik belgi - xarf emas, balki kul, barmoklar xarakatidir. Daktil nutq so‘zlashuv nutqining xamma koidalariga asosla- nib tuziladi va uni so‘zlashuv nutqiga ega bulgan kar bola egallashi mumkin. Tekshirishlarni kursatishicha daktilo- logiya karlarning so‘zlashish nutqini shakllanishida yordamchi vosita bulib xizmat kiladi. Eshitadiganlarda daktillash tempi og‘zaki nutq tempidan 2,5 baravar sekin buladi. Kar- larda esa daktillash tempi og‘zaki nutq tempi bilan deyarli birxildir, ba’zida oshib xam ketadi.
Daktilologiyani yaxshi egallagan o‘quvchilar so‘zning tovush tuzilishini yaxshi o‘zlashtiradilar. Ularda so‘zning tovush va daktil obrazi orasida shartli boglanish yuzaga keladi. Og‘zaki nutqga ega bulmagan kar bola xusnixatni egallashning birinchi etaplarida daktilologiyaga tayanadi. So‘zni yezishdan oldin u daktilda ifodalaydi. Sungra u xam yezadi xam daktilda ifodalaydi. Daktilologtya shuningdek atrofdagilar nutqini labdan o‘qishda xam yordamchi vosita bulib xizmat kiladi. Chunki kup tovushlarni labdan o‘qish qiyin ( G - K - X).
Do'stlaringiz bilan baham: |