Jinoyatning
subyekti
16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs
bo‘lishi mumkin.
9-§. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar
yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof
ravishda egallash (JK 247-moddasi)
Mazkur jinoyatning
bevosita asosiy obyekti
o‘qotar qurol, o‘q-
dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqarish,
sotish, sotib olish, saqlash, foydalanish tartibini
belgilovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
Agar g’ayriqonuniy ravishda egallash zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik
ishlatish bilan qo‘rqitish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu jinoyatning
bevosita qo‘shimcha obyekti
fuqarolarning hayoti va sog’lig’i
daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
O‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish
qurilmalari esa
jinoyatning
predmeti
hisoblanadi.
O‘qotar qurollar
deganda, xo‘jalik-maishiy maqsadlarda qo‘lla-
nilmaydigan snaryad yoki o‘qni otish uchun mo‘ljallangan, faqat jonli
nishonni mahv etish yoxud sport tadbirlarini o‘tkazishda porox gazidan
foydalaniladigan qurollarning barcha turlarini tushunish lozim.
Ayni vaqtda, porox yoki boshqa portlovchi moddaning
alanga olishi
vositasida o‘q otishni amalga oshiradigan yana bir qancha turli moslamalar
mavjuddir. Masalan, signal raketnitsalari, musobaqalarda
va qurilishda
qo‘llaniladigan pistoletlar va h.k.lar shular jumlasidan bo‘lib, ularni
o‘qotar qurollar sirasiga kiritib bo‘lmaydi, chunki ular xo‘jalik-maishiy
yoxud ishlab chiqarish maqsadlari uchun mo‘ljallangandir.
Snaryad (o‘q)ning porox gazi energiyasi vositasida otilishi, ya’ni o‘q
uzilishi o‘qotar qurolning o‘ziga xos belgilaridan biri hisoblanadi. Mazkur
belgi keng bo‘lib, mavjud o‘qotar qurollarning barcha turlari va tizimlarini
qamrab oladi. Qurol hisoblanmaydigan boshqa otuvchi moslamalar
(qurilish, start, gaz pistoletlari, ballonchalar, pnevmatik qurollar) da
aynan
mana shu belgi mavjud emas.
39
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil
27 fevraldagi «Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g’risidagi
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi 3-sonli qarori 2-bandida:
«Pnevmatik miltiq, signal, start, gaz pistoletlari yoki gaz ballonlari,
raketnitsalar va boshqa imitatsiya-pirotexnik va yoritgich vositalari qurol
jumlasiga kirmaydi»
1
, deb ta’kidlanadi.
Bundan
tashqari, o‘qotar qurolning muhim belgilari soniga
quyidagilar kiradi: snaryadga yo‘nalgan harakatni berish uchun stvolning
mavjudligi; stvolni qulflaydigan qurilmaning hamda zaryadni alanga
oldirish uchun mo‘ljallangan qurilmaning (termik, uchqun, mexanik yoki
elektr) mavjudligi; snaryadning shikastlaydigan yetarli kuchi (mazkur
mezon faqat boshqa tipik bo‘lmagan quroldan qaytadan qilingan yasama
qurol uchun zarur); tuzilishning
mustahkamligi, ya’ni bitta bo‘lsa ham o‘q
otishni amalga oshirish imkoniyati borligi.
Predmetni o‘qotar qurol, deb e’tirof etish uchun uning qanday usulda
(zavodda yoki qo‘lda) yasalganligi ahamiyatga ega emas. O‘qotar qurollar
o‘zining vazifasi, xususiyatlari, tuzilishi, kalibri va boshqa sifatlariga ko‘ra
nihoyatda rang-barangdir.
O‘qotar qurolning e’tirof etilgan belgilari o‘qotar qurol mavjud
bo‘lgan yoki uning qo‘llanilishi zaruriy belgi hisoblangan yoxud
javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlar sifatida ko‘rsatilgan jinoyatlar
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunlarda bir xilda bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: