Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi.  Subyektiv tomondan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

tugallangan
jinoyat deb e’tirof etiladi. 
Subyektiv tomondan
jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda uning sodir etilish 
motivi
va ko‘zlangan 
maqsad
ahamiyatga ega emas. 
38 


Jinoyatning
subyekti
16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
9-§. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar
yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof 
ravishda egallash (JK 247-moddasi) 
Mazkur jinoyatning
bevosita asosiy obyekti 
o‘qotar qurol, o‘q-
dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqarish, 
sotish, sotib olish, saqlash, foydalanish tartibini belgilovchi ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi.
Agar g’ayriqonuniy ravishda egallash zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik 
ishlatish bilan qo‘rqitish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu jinoyatning
 
bevosita qo‘shimcha obyekti
fuqarolarning hayoti va sog’lig’i 
daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
O‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish 
qurilmalari esa jinoyatning 
predmeti 
hisoblanadi. 
O‘qotar qurollar 
deganda, xo‘jalik-maishiy maqsadlarda qo‘lla-
nilmaydigan snaryad yoki o‘qni otish uchun mo‘ljallangan, faqat jonli 
nishonni mahv etish yoxud sport tadbirlarini o‘tkazishda porox gazidan 
foydalaniladigan qurollarning barcha turlarini tushunish lozim. 
Ayni vaqtda, porox yoki boshqa portlovchi moddaning alanga olishi 
vositasida o‘q otishni amalga oshiradigan yana bir qancha turli moslamalar 
mavjuddir. Masalan, signal raketnitsalari, musobaqalarda va qurilishda 
qo‘llaniladigan pistoletlar va h.k.lar shular jumlasidan bo‘lib, ularni 
o‘qotar qurollar sirasiga kiritib bo‘lmaydi, chunki ular xo‘jalik-maishiy 
yoxud ishlab chiqarish maqsadlari uchun mo‘ljallangandir. 
Snaryad (o‘q)ning porox gazi energiyasi vositasida otilishi, ya’ni o‘q 
uzilishi o‘qotar qurolning o‘ziga xos belgilaridan biri hisoblanadi. Mazkur 
belgi keng bo‘lib, mavjud o‘qotar qurollarning barcha turlari va tizimlarini 
qamrab oladi. Qurol hisoblanmaydigan boshqa otuvchi moslamalar 
(qurilish, start, gaz pistoletlari, ballonchalar, pnevmatik qurollar) da aynan 
mana shu belgi mavjud emas.
39 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 
27 fevraldagi «Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g’risidagi 
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi 3-sonli qarori 2-bandida: 
«Pnevmatik miltiq, signal, start, gaz pistoletlari yoki gaz ballonlari, 
raketnitsalar va boshqa imitatsiya-pirotexnik va yoritgich vositalari qurol 
jumlasiga kirmaydi»
1
, deb ta’kidlanadi. 
Bundan tashqari, o‘qotar qurolning muhim belgilari soniga 
quyidagilar kiradi: snaryadga yo‘nalgan harakatni berish uchun stvolning 
mavjudligi; stvolni qulflaydigan qurilmaning hamda zaryadni alanga 
oldirish uchun mo‘ljallangan qurilmaning (termik, uchqun, mexanik yoki 
elektr) mavjudligi; snaryadning shikastlaydigan yetarli kuchi (mazkur 
mezon faqat boshqa tipik bo‘lmagan quroldan qaytadan qilingan yasama 
qurol uchun zarur); tuzilishning mustahkamligi, ya’ni bitta bo‘lsa ham o‘q 
otishni amalga oshirish imkoniyati borligi. 
Predmetni o‘qotar qurol, deb e’tirof etish uchun uning qanday usulda 
(zavodda yoki qo‘lda) yasalganligi ahamiyatga ega emas. O‘qotar qurollar 
o‘zining vazifasi, xususiyatlari, tuzilishi, kalibri va boshqa sifatlariga ko‘ra 
nihoyatda rang-barangdir. 
O‘qotar qurolning e’tirof etilgan belgilari o‘qotar qurol mavjud 
bo‘lgan yoki uning qo‘llanilishi zaruriy belgi hisoblangan yoxud 
javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlar sifatida ko‘rsatilgan jinoyatlar 
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunlarda bir xilda bo‘lishi lozim.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish