harbiy mulkni o‘qirlash, qamoqqa olinganning konvoy qilinayotgan vaqtda
qochishi, patrul naryadining harakatsizligi oqibatida
harbiy xizmatchi
tomonidan jamiyat tartiblarining qo‘pol ravishda buzilishi va h.k.lar
qorovul qo‘riqlayotgan obyektlarga zarar sifatida, qamoq ostida
saqlanayotgan shaxslarga kuch ishlatish yoki boshqa g’ayriqonuniy
choralar bilan ta’sir etish hamda qo‘riqdan g’ayriqonuniy qisqa vaqtga
ozod etish holatlari sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
Zararli oqibatlarning kelib chiqishi ko‘rinishidagi
belgilar qorovul
tarkibiga kirgan har bir shaxsga nisbatan ko‘rilmog’i lozim. Agar, zararli
oqibatlar oldini olish qorovul emas, balki qaysidir qo‘riqchi yoki qorovul
boshlig’ining majburiyatiga kirsa, u tomonidan qorovul xizmatini o‘tash
qoidalarini buzganligi mavjud bo‘lsa,
JK 291-moddasi 1-qismi
bilan u
javobgarlikka tortilishi lozim.
Agar tahlil etilayotgan jinoyatning sodir etilishi natijasida ularning
oldini olish qorovulning vazifasiga kirmagan boshqa zararli
oqibatlarga
sabab bo‘lgan bo‘lsa, unda qilmish qorovul xizmatini o‘tash qoidalarining
buzilishi tarkibini hosil qilmaydi. Masalan, qo‘riqchi, postga
yaqinlashayotgan begona odamni sezib, ogohlantirishsiz
qurol ishlatadi va
tajovuzkorni o‘ldiradi. U qorovul xizmatini o‘tash qoidalarining
buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da,
JK 291-moddasida
nazarda tutilgan
jinoyat tarkibi uning harakatlarida mavjud emas, chunki
zarar qorovul
qo‘riqlamayotgan obyektga yetkazildi.
Qo‘riqlanayotgan obyektdagi muhr yoki plombani buzish, qulflarni
sindirish, qo‘riqlanayotgan obyektga real zarar yetkazmasdan ularga
qo‘riqchi yoki boshqa shaxsning kirishi zararli oqibatlar deb topilmaydi va
JK 291-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Biroq, ayrim vaziyatlarda qo‘riqchi oldini olishi lozim bo‘lgan
qo‘riqlanayotgan obyektga begona shaxsning kirishining o‘zi
zararli oqibat
deb ko‘rib chiqilishi lozim. Masalan, qorovul oldini olishi lozim bo‘lgan
qo‘riqlanayotgan maxfiy obyektga begona shaxsning kirishining o‘zi
zararli oqibat deb qaralishi lozim.
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarining buzilishi faqat bir
sharoitda, agar bu qilmish ushbu qorovul ularning oldini olish
uchun
319
tayinlangan bo‘lsa va zararli oqibatlarni yuzaga keltirsa
tugallangan
jinoyat tarkibini hosil qiladi.
Agar qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarining buzilishidan
zararli oqibatlar kelib chiqmasa, unda
JK 291-moddasi
bo‘yicha
javobgarlik mustasno etiladi. Qorovul (soqchilik) tarkibidagi
harbiy
xizmatchilar bunday buzilishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarining Intizomiy Nizomi bo‘yicha
intizomiy javobgarlikka
tortilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: