Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

namoyishlarini uyushtirish 
— bu fuqarolarning birlashishi va muayyan 
shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi voqealarga nisbatan o‘z 
munosabatlarini ommaviy namoyish etishlari, ko‘cha bo‘ylab ommaviy 
tashkil etilgan harakatda fuqarolarning o‘z ijtimoiy-siyosiy kayfiyatini turli 
ko‘rgazmali vositalar yordamida ifodalashini o‘z ichiga oluvchi tegishli 
tadbir tashkilotchisining g‘ayriqonuniy harakatlari. Bu muayyan yopiq 
binolarda g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar va mitinglar o‘tkazish, bunday 
tadbirlar o‘tkazilishi haqida murojaatnomada belgilangan maqsadlar, uning 
boshlanishi va to‘xtatilishi vaqtiga rioya etmaslik, g‘ayriqonuniy tadbirni 
to‘xtatish to‘g‘risidagi hokimiyat organlarining qonuniy talablariga 
bo‘ysunmaslik hamda boshqa tartiblarga rioya etmaslikda namoyon 
bo‘ladi. 
Yig‘ilish 
deganda, fuqarolarning oldindan belgilangan vaqt va joyda 
(bino yoki ochiq havoda) birgalikda bevosita ishtirok etish va biror-bir 
muammo yuzasidan birgalikda qaror chiqarish shakli tushuniladi
1

Miting 
deganda, fuqarolarning jamiyat hayotidagi biror narsa yuzasidan 
tashkilot yoki mansabdor shaxslarga nisbatan o‘zlarining munosabatini 
ommaviy ravishda bildirish maqsadida ko‘pincha ochiq havoda 
o‘tkaziladigan ommaviy yig‘ilish tushuniladi
2

Ko‘cha yurishlari 
— biror-bir muammo yuzasidan hokimiyat organlari 
va jamoatchilikning e’tiborini tortish maqsadida shaxslarning ko‘chada, 
dahada tashkiliy yoki ommaviy harakatlanishi
3

Namoyish 
— biror-bir muammo yuzasidan bir guruh shaxslar 
tomonidan o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy kayfiyatlari va munosabatlarini 
plakatlar, transparantlar va ko‘rgazmali materiallardan foydalangan holda 
ommaviy ifoda etishi. 
Tahlil etilayotgan modda blanket dispozitsiyalidir. Yig‘ilishlar, 
mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar o‘tkazish to‘g‘risida 
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruv organiga yozma ravishda 
murojaat etiladi. Mazkur murojaatda tadbirni o‘tkazish maqsadi, shakli, 
joyi, boshlanish va tugash vaqti, harakatlanish yo‘nalishi, nazarda 
1
Большой юридический словарь / Под ред. А.Я. Сухарева, В.Е. Крутских, изд.2. — 565-б.
2
Ўша жойда. — 335-б.
3
Ўша жойда. — 683-б.
395 


tutilayotgan ishtirokchilar soni, tashkilotlar va jamoat tartibini saqlash 
uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar, ariza topshirish 
sanasi kabilar ko‘rsatiladi. Tadbirni o‘tkazish jarayonida ishtirokchilar va 
tashkilotilar jamoat tartibini saqlashga majburdirlar. Ularga transport 
vositalari va piyodalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilish, aholi 
punktining uzluksiz faoliyat yuritishiga tajovuz qilish, palatkalar qurish, 
yashil maydonlar, bino va inshootlarga zarar yetkazish, qurol yoki 
insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish maqsadida qurol sifatida 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan maxsus tayyorlangan buyumlarda bo‘lish, 
fuqarolar va yuridik shaxslarga moddiy zarar yetkazish, tadbirlarni 
o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlovchi davlat organlari vakillari 
faoliyatiga har qanday shaklda aralashish taqiqlanadi. 
Qilmishni JK 217-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun 
tashkilotchiga nisbatan oldin aynan shunday qilmishi uchun Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasida nazarda tutilgan 
ma’muriy jazo choralari qo‘llanilganligi fakti aniqlanishi lozim. Ma’muriy 
jazo qo‘llanilgan va u tugatilmagan holdagina shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 
Sharhlanayotgan jinoyat formal tarkibli jinoyat hisoblanadi. Uni 
kvalifikatsiya qilish va 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish