Berilgan bilimlarni tushunmaslik o‘quvchilarning unga boigan qiziqishini
pasaytiradi, ko‘pincha shu o ‘quv
fanigagina emas, balki umuman o‘qishga
nisbatan ham salbiy munosabatda bolishga olib keladi. Odatda, ommaviy
maktabda uzoq vaqt boigan aqli zaif o ‘quvchida shunday hoi yuz beradi.
M a’lumki, ommaviy maktabda har bir sinf bir xil yoshga ega boigan
o ‘quvchilar bilan, ya’ni o ‘quv materialini o ‘zlashtirishda taxm inan bir
xil imkoniyatga ega boigan bolalar bilan butlangan boladi.
Aqli zaif bolaga ta ’lim berishda yosh xususiyatlarini hisobga olish va
tushunarlilik tamoyilini amalga oshirish ancha boshqacha yuz beradi.
Eng avvalo, aqli zaiflik shakli va darajasiga qarab farq qilinishi tufayli
bir sinfning o ‘zida yoshi har xil boigan o ‘quvchilar bolishi mumkin.
Yoshi har xil b o ig an o ‘quvchilar bilim va malakalarni o ‘zlashtirishda
taxminan bir xil imkoniyatlarga ega boladilar. Demak,
yordamchi maktab
sinflarini butlashda bolalarning yoshiga aniq rioya qilish amalda mumkin
bolm aydi.
So‘ngra, har bir sinfda shunday bolalar borki, ularda aqli zaiflik turli
sabablar orqali kelib chiqqan bolib, o ‘ziga xos tipologik xususiyatlarga
ega. Yordamchi maktabdagi ta’lim jarayonida shu
tipologik xususiyatlarni
hisobga olish o kqituvchi ishidagi majburiy talablardan biridir.
Keyingi vaqtlarda yordamchi maktablarda aqli zaiflik darajasi ancha
o glrro q b oigan bolalar uchun alohida maxsus sinflar tashkil qilingan. Bu
sinflarda bilim va m alakalar hajmi ham da o ‘qitish tezligi yordam chi
m aktabning odatdagi sinflariga qaraganda birm uncha pasaytirilgan,
osonlashtirilgan boladi.
Shunday qilib, yordamchi maktab aqli zaif bolalarga ta ’lim berishda
faqat ularning yoshini emas, balki tipologik xususiyatlarini
ham hisobga
olishi kerak.
0 ‘qituvchi o ‘quv materialini tanlaganda uning bolalarga tushunarli
bolishiga alohida e ’tibor berishi kerak. Bundan berilayotgan material
nihoyatda sodda bolishi kerak, degan xulosa chiqarilmaydi. Bolalar uchun
tushunarli bo ig an yangi bilimlarni o ‘zlashtirish va malakalarni vujudga
keltirish ham ayrim qiyinchiliklar bilan b ogliq boladi.
0 ‘zlashtirishda o ‘quvchi qiyinchiliklarga duch kelishi zarur. T a’lim
jarayonida qiyinchilik bilan to ‘qnashish, uni yengish pedagogik jarayonning
asosiy rag‘batlantiruvchi omili b o lib xizmat qiladi.
T a’lim jarayonida oligofrenopedagog shuni e ’tiborga olishi muhimki,
bolalar o ‘zlariga taklif qilingan ba’zi vazifalarni tamomila mustaqil
ravishda
bajara oladilar, bunda ular psixologik jihatdan rivojlanib borishning shu
paytgacha erishilgan darajasiga, amaliy tajriba, malaka va ko‘nikmalarga
tayanadilar. Shu bilan birga, biror m urakkabroq
topshiriqni mustaqil
ravishda eplay olmagan bola uni pedagog yordamida (uning qo‘shimcha
tushuntirishi, kokrsatishi, yordamchi savollar berishi va hokazo y o l bilan)
66
bajara oladi. Bu hoi bola imkoniyatining go‘yoki ikkilamchi darajasi bolib,
psixologiyada «eng yaqin kamol topish zonasi» deb ataladi. Shu sababli
ta’lim jarayoni faol kamol topish darajasigagina, ya’ni shu paytgacha tarkib
topgan psixik funksiyalargagina tayanib qolmay,
balki bolaning potensial
imkoniyatlariga, tarkib topayotgan funksiyalariga, ya’ni «eng yaqin kamol
topish zonasi»ga ham tayanishi lozim.
T a ’lim da uchraydigan qiyinchiliklarni chetlab o ‘tish emas, balki
o ‘quvchi imkoni boricha bu qiyinchiliklarni o ‘qituvchi rahbarligida yengib
borishi kerak.
Shunday qilib, yordamchi maktab ta ’limida tushunarlilik tamoyilini
amalgaoshirishdao'qituvchidan
o vquvchilarning yoshi, tipologik va indi
vidual xususiyatlarini hisobga olish talab qilinadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: