hokazolami o ‘rgatadi. Yordamchi maktabga kelgan birinchi sinf o‘quvchilari
rivojlanishi, xususiyatlari jihatidan xilma-xildir. Birlari tarbiyachi gaplarini
tushunib, barcha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan uning iltimosini tezda
bajaradilar, topshiriqlami qunt bilan ishlaydilar. Ayrimlari esa, tarbiyachining
gapiga yaxshi quloq solmaydilar, tushunmaydilar, tarbiyachining hamma.
tarbiyalanuvchilarga qilgan murojaatini darhol anglab yetmaydilar. Yordamchi
maktab bolalari rag‘batlantirishni, ayniqsa, yaxshi ko‘radilar. Dastlabki
kunlardanoq tarbiyachi tarbiyalanuvchilaming ayrimlarini yaxshi xulqi uchun
maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa, gapga e ’tibor bilan quloq solish kerakligini
tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi
maktab tarbiyachisi ta ’sir etishning turli usul va yollaridan foydalanib, aqli
zaif bolalarning individual xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajalarini,
pedagogik vaziyat xarakterini hisobga oladiki, bu narsa ayrim tarbiyalanuvchilar
va umuman yordamchi maktab manfaatlari yo‘lida har xil yechimlarga kelishni
talab qiladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan
foydalanish ko‘nikmalari va malakalarini o ‘rganish va hosil qilish qulay
bolishi uchun ularni shartli ravishda bir necha guruhga birlashtirish mumkin.
Yordamchi maktab o‘quvchilari ongini shakllantirish usullari, jamoatchilik
xulq-atvorini shakllantirish yo‘llari, ragkbatlantirish usullari va o ‘z-o ‘zini
tarbiyalash usullari ham qollaniladi. Shuni aytib o ‘tish o ‘rinliki, ayrim
adabiyotlarda yuqorida aytib o ‘tilgan tarbiya usullari ham son jihatidan, ba’zan
mazmun jihatdan ham o ‘zgacha bayon etilgan. Masalan, 1985-yilda Kiyevda
c h iq arilg an l.G .Y e r e m e n k o n in g « O lig o fre n o p e d a g o g ik a » o ‘quv
qo‘llanm asida tarbiya usullari 3 ta: m ashq qildirish, ishontirish va
ragcbatlantirishdan iborat, deyilgan.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarida dunyoqarash va e ’tiqodlar tizimini
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga har tomonlama
ta’sir ko‘rsatish usullari ham tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullaming
mohiyati shundan iboratki, ularning vositasi bilan jamiyat yosh avlodga
nisbatan qo‘llayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi.
Yordamchi maktab o^quvchilarini tarbiyalashda o ‘qituvchi-tarbiyachi
dasturxon atrofida, ko‘chada, kattalar bilan m uom alada to ‘g‘ri xatti-
harakatlar qilish odatlarini tarkib toptirishga, ana shu m uom aladan
zavqlanish, yaxshi xulqi uchun kattalar m aqtovidan m am nun bo‘lish
tuyg‘usini shakllantirishga ko‘proq e ’tibor beradi. Yordamchi maktab quyi
sinflarida tushuntirish
Download
Do'stlaringiz bilan baham: