qanchalik aniq va tushunarli qilib bayon etishiga, o ‘qitish usullarining
qanchalik xilma-xil ekanligiga bog‘liq.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarida o ‘qishga mumkin qadar ertaroq
qiziqish uyg‘otish kerak. Buning uchun o ‘quvchilarning o ‘quv
materialini
to liq tushunib o ‘zlashtirishlari talab qilinadi. Bu jihatdan yordam chi
m aktab o ‘qituvchisi ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki debil
bolalar uchun aqliy yetishmovchilik xarakterlidir. Bu hoi ularda mavhum
um umlashtirishga, atrof-m uhitdagi narsalar bilan voqealar o ‘rtasidagi
aloqa va bogliqlikni belgilay olmaslikka, tahlil va tasnif qilishga qobiliyat
yo‘qligida ifodalanadi.
M a’lumki, o ‘quv materialining m a’nosiga tushunib esda olib qolish
faqat zarur bo‘libgina
qolmasdan, shu bilan birga mexanik esda olib qolishdan
beqiyos darajada samaraliroqdir. 0 ‘quvchi ulglayib borgani sari uning aqliy
faoliyatida m a’nosiga tushunib esda olib qolish tobora katta rol o ‘ynaydi.
Oligofrenopedagogika aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanishini
to ‘xtatuvchi rasmiy mashq qildirish asosida o ‘qitish g‘oyasini keskin rad
qildi hamda ta’limning onglilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiqligini
va mumkinligini isbot etdi.
Shuning uchun aqli zaifbolaning maktabga birinchi kelgan kunidan boshlab
aqliy rivojlanishini ta’minlash kerak. Bunga erishish uchun yordamchi maktabda
har qanday fanni o ‘qitish
shunday tuzilishi kerakki, o ‘quvchilaiga ayrim
bilim va malakalarni beribgina qolmay, ularning aqliy kamchiliklarini ham
to^rilashi lozim. Bunda bolaning tahlil va tasnif qilish qobiliyatini asta-sekin
vujudga keltiruvchi korreksion pedagogik usullar muhim ahamiyatga ega.
0 ‘quvchi biror umumiy qoidani, kuzatilgan dalillarni va hodisalarni
taqqoslash hamda ulardagi o ‘xshashlik va farqlami
yuzaga chiqarish tufayli
o ‘zlashtiradi.
Taqqoslash har qanday tafakkurning asosidir. 0 ‘qish va o ‘rganishdagi
muvafTaqiyat ko‘p jihatd an aqli zaif o ‘quvchilarda taqqoslash, ya’ni
o ‘xshashlik va farqni ko‘ra bilish malakasining paydo bo‘lganligiga bog‘liqdir.
Psixologlarim iz o ‘quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun
taqqoslashning (qiyoslash va qarama-qarshi qo ‘yishning) rolini batafsil
aniqlab chiqdilar. Bu usul um um lashtiruvchi tafakkur uchun g ‘oyat
samaralidir. Shu sababli «farqini top» mazmunidagi topshiriqlar darslarda
keng qo‘llanishi lozim.
0 ‘quvchi bayon qilinayotgan yangi m aterialni passiv holda idrok
qilmasdan, balki faol yondashgan holdagina berilgan bilimni to‘la, ongli
ravishda o ‘zlashtirishi m um kin.
M asalan, biror arifm etik q o n u n n i—
q o ‘shishning o ‘rin alm ashtirish qonunini um um lashtirishda o ‘quvchi
qo ‘shishga doir misollar yechib, qo‘shiluvchilaming o ‘rnini almashtirishdan
yig‘indining o^zgarmasligini o ‘zi topsa, shundagina umumlashtirishni ongli
ravishda o ‘zlashtirgan bo‘ladi.
68
Faollik faqat fikrlash jarayoniga (o‘quvchidan tushunchalar va qonunlami
o‘zlashtirish talab qilinganda) ijobiy ta’sir kokrsatibgina qolmay, balki esda
qoldirish jarayoniga ham ta ’sir etadi, eslab
qolish qobiliyatini oshiradi,
unumli esda qoldirishga yordam beradi.
Aqli zaif o ‘quvchi o ‘qish jarayonida faol bolishi uchun, birinchidan,
unga o ‘qish ishida mustaqillikka keng imkoniyat berish, ikkinchidan, uni
unumli usul bilan mustaqil ishlashga o ‘rgatish, uchinchidan, unda mustaqillikka
intilishni uyg‘otish kerak, buning uchun unda tegishli ichki intilishni vujudga
keltirish, ya’ni berilgan vazifalarni yechishga mustaqil,
ijodiy tarzda harakat
qilishini hayotiy muhim vazifaga aylantirish lozim.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta ’limda onglilik va faollik
tamoyili aqli zaif boladagi nuqsonlarni tuzatishda yordam chi maktab
ta’limining zaruriy sharti hisoblanadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: