Frontal ishga diflerensiatsiyalashgan va individual yondashishni
birga qo‘shib olib borish tamoyili
Yordamchi maktabda o‘quv materialining tushunarliligi o ‘quvchilaming
individual imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Yordamchi maktab o‘qituvchisiga
ma’lumki, bolaning dcbilligi (yordamchi maktab bolalar tarkibining asosiy
qismi) bola o‘quv imkoniyatlarining ko‘rsatkichi hisoblanmaydi. Bu holda
ham u ozmi yoki ko‘pmi orqada qolishi mumkin. Bu hoi hissiy-irodaviy sohaning
turli kamchiliklari, jismoniy yetishmovchiliklar va hokazolar bilan bogliq
bolishi mumkin.
Shunday qilib, yordamchi maktabda bir sinfning o ‘zida bir-biridan keskin
farq qiluvchi o‘quvchilar uchraydi. Ulardan ba’zilari o ‘quv materialini oson,
ba’zilari esa juda qiyinchilik bilan o ‘zlashtiradi. 0 ‘qish jarayonida ba’zilari juda
faol, ba’zilari passiv boladi va hokazo. Buning hammasi bir xil tashxisga ega
boigan bolalarning o‘quv materialini tushunishida farqbolishiga sabab boladi.
0 ‘qish jarayonida namoyon boladigan o'quvchilam ing individual-
psixofizik farqlarini hisobga olgandagina o ‘qitishda yuqori natijalarga erishish
mumkin.
Individual yondashish o‘qitishning barcha bosqichlarida: yangi materialni
olishda, mustaqil mashqlarni tashkil etishda, o ‘quvchilardan so‘rashda va
uy vazifalarini topshirish muntazam ravishda olib borilgandagina samarali
bolishi mumkin.
Ta’limda individual yondashishning m a’nosi shuki, u o ‘quvchining in
dividual-psixologik xususiyatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlarni hisobga
olgan holda ish ko‘riladi. Shu nuqtai nazardan sinfdagi oddiy ta ’lim qanday
ro‘y berishini ko‘rib chiqamiz. Yordamchi maktablaming sinflari, yuqorida
aytib o ‘tilganidek, tayyorgarlik darajasi bir xil bolm agan, o ‘zlashtirishi
turlicha, o ‘qishga m unosabati har xil, qiziqishlari xilm a-xil b o ig a n
69
o ‘quvchilardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an ’anaviy tashkil etilgan ta ’lim
sharoitida hammaga bir xilda baravar bilim bera olmaydi. Shuning uchun
o ‘qituvchi ta ’limni o ‘rtacha darajaga, o ‘rtacha rivojlanishga, o ‘rtacha
tayyorgarlikka, o'itacha o'zlashtirishga ega boigan bolaga moljallangan holda
olib borishga majbur boladi. Bu narsa muqarrar ravishda «kuchli» o ‘quvchilar
o ‘z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o ‘qishga qiziqishlari qolmaydi,
o ‘qish ulardan unchalik kokp aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, «kuchsiz»
o lquvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo boladilar, ular ham
o ‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, o'qish ular imkoniyatlaridan ortiqroq aqliy
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham har xil
boladilar,ularning qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va
tafakkur xususiyatlari xilma-xil boladi.
Darsni rejalashtirishda o ‘qituvchi har bir bolani alohida o ‘ylashi, uning
rivojlanishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish sababini, uning
bilim, ko‘nikma va m alakalar holatini, o ‘quv materialini o ‘zlashtirish
jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklarni va ularning kelib chiqish sababini
bilishi kerak.
Aqli zaif o‘quvchilar o ‘rtasida ko‘pincha ruhan ezilgan bolalar uchraydilar.
Ular qiyinchilik bilan ishga kirishadilar, vazifani juda sekin bajaradilar,
tashabbuskorlik ko‘rsatmaydilar, ayrim hollarda umuman o ‘quv jarayonidan
chctda qoladilar. Bularga nisbatan eng muhimi—ularni «tormoz» holatidan
bo‘shatish, tez-tez savol va vazifalar berib, ularga murojaat qilib turish
kerak.
Ayrim o ‘quvchilarda faoliyat jarayoni juda sust b o lib , ular ishda
qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun bunday bolalarga qiyinroq
vazifalarni berib bolm aydi, ulaiga o ‘z vaqtida tegishli yordam berib, to‘g‘ri
tushuntirish kerak.
Yordamchi maktab o‘quvchilari o ‘rtasida haddan tashqari harakatchan
bolalar ham uchraydilar. Agar o ‘qituvchi o‘rtaga savol tashlasa, ular shu
zahotiyoq, o ‘ylamay javob beradilar. Bu bolalar bilan olib boriladigan asosiy
ish — ularning shoshmashosharligining oldini olish, ularda o ‘ylab javob
berish malakasini shakllantirishdan iborat. Bunday o ‘quvchilar bilan indi
vidual ishlashda juda xotiijamlik, chidamli bolish talab qilinadi.
O lquvch ilarg a individual yondashish tam o yili faqat psixofizik
rivojlanishdagi kamchiliklarni hisobga olibgina qolmay, balki nuqsonni
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish uchun ularning ijobiy sifatlarini ham hisobga
olishni talab qiladi, bu sifatlaiga tayanish mumkin va tayanish lozim. Masalan,
ayrim o ‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining darajasi um uman pasaygan
bolishiga qaramay, tirishqoqligi, o ‘qishni xohlashi, mehnatsevarligi ularning
bu kamchiligining o‘mini bosishi mumkin. Bu, albatta, ularda yo‘q sifatlarning
rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Bunday o ‘quvchilar bilan ishlashda ularning
aria shu kuchli tomonlariga tayanish lozim. Bu ijobiy sifatlardan o‘qituvchining
70
maqsadga muvofiq ravishda foydalanishi bunday bolalarning o lqishini ancha
ycngillashtiradi.
Boshqa o ‘quvchi!arda, aksincha, o ‘zlashtirish xususiyati birm uncha
jonliroq, biroq uyushqoqsizligi, intizomsizligi, o kqishni xohlamasligi tufayli
ulami o‘qitish ancha qiyin bo‘ladi.
Bu o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishning xarakterli xususiyati -
ular psixikasining ojiz tomonlariga passivlik bilan moslashish emas, balki
ularni maksimal darajada rivojlantirish uchun ularning aqliy rivojlanishiga
faol ta’sir ko'rsatish kerak.
Yordamchi maktabda
0
‘qituvchi ba’zan mutlaqo o ‘qishni (aleksiya),
yozishni (agrafiya) va hisobni (akalkuliya) bilmaydigan bolalarga duch kelishi
mumkin. Bu bolalar boshqa hamma fanlardan o ‘zlashtirsalar-da, am m o
yozishni yoki o ‘qishni, yoki hisoblashni o ‘rganib ololmaydilar. Ular, albatta,
individual yondashishga muhtoj bolib, alohida tuzilgan reja asosida o‘qitilishlari
kerak. Bu o ‘quvchilar bilan ishlashda o ‘quvchining o ‘z kuchiga ishonishi,
o‘z imkoniyatlari va qobiliyatiga ishonch bilan qarashi muhim rol o kynaydi.
Shu sababli, ular bilan ishlashni shunday tashkil etish muhimki, u o ‘zining
ilgarilab borayotganligini his qilsin. Ularga dastlabki muvaffaqiyatlarning
quvonchini his etish imkoni berilishi kerak. O kqituvchi o ‘quvchining (dastlabki
paytlarida), garchi oz bo‘lsa ham crishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlashi,
uning diqqat-e’tiborini (hali oz bo‘lsa ham) erishgan ayrim yutuqlariga qaratish
uchun har bir imkoniyatdan foydalangani yaxshiroq.
Individual yondashishning asosiy maqsadlaridan biri — har bir bolani
uzoq muddatli keng kolam li ishda muvaffaqiyatli qatnashishgatayyorlashdir.
Lekin frontal ish, albatta, o'quvchilarga alohida-alohida yondashish bilan
birga olib borilishi kerak.
Yordamchi maktab dasturi o'quvchilar tarkibini hisobga olgan holda
dilferensiatsiyalashganyondashishni nazarda tutadi, biroq ular o ‘qituvchining
har bir o ‘quvchi bilan alohida ishlash yolini belgilab berolmaydi. Yordamchi
maktabning o'ziga xosligi shundan iboratki, darsni rejalashtirishda
0
‘qituvchiga
har bir o ‘quvchining xususiyatlarini hisobga olish uchun keng imkoniyat
beriladi.
Differensiatsiyalashgan yondashish o ‘quvchilaming umumiy guruhlarga
oid xususiyatlariga (ularning bilish faoliyatining xususiyatiga, dastur
materialini o ‘zlashtirish saviyasiga, mustaqillik darajasiga, ish qobiliyatiga)
qarab yuqori, o'rtacha va past guruhlarga shartli ravishda bo ‘lishni, ya’ni
sinf ichida differensiatsiyalashtirishni m o ‘ljallaydi. 0 ‘qituvchi shu
xususiyatlarga asoslangan holda har bir guruh uchun maxsus vazifalar
tanlaydi.
0 ‘quvchilar guruhi uch xil variantdagi topshiriq ustida ishlab, kuchi
yetgan darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega boladilar. Guruhdagi ish
barcha sinf bilan bajariladigan keng kolam li ish bilan birgalikda olib boriladi.
71
Ishni shunday tashkil etganda o ‘quvchilarning muntazam o ‘sishi, bir
guruhdan ikkinchi guruhga — kuchsizroq guruhdan kuchliroq guruhga
o‘tishlari uchun yetarlicha sharoit tug‘iladi.
Ishning bunday tizimining tarbiyaviy tomoni juda muhim ahamiyatga
ega. O kquv materialini bo‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar o ‘z kuchlariga qarab
topshiriq olganlari tufayli, yuqori baho olish imkoniyatiga ega boladilar, bu
esa ularning o ‘qish faoliyatiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatib, yanada yaxshi o ‘qish
hissini uyg‘otadi.
Differensiatsiyalashgan yondashish, bir tom ondan, o ‘qituvchining
maqsadga muvofiq ishlashi uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, har
bir o ‘quvchining bilish imkoniyatlaridan yetarli ravishda foydalanish va ulami
rivojlantirish uchun zarurdir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |