Maxsus pedagogika


Mehnatning  korreksiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  vazifasi  aqli  zaif



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Mehnatning  korreksiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  vazifasi  aqli  zaif 
o‘quvchilarning  psixofizik  rivojlanishidagi  kamchiliklarini  tuzatishda, 
ularda  ijtimoiy  mehnat  va  maishiy  ko‘nikma  hosil  qilish  uchun  zarur 
bo‘lgan  shaxsiy  sifatlami  tarbiyalashda  ifodalanadi.
M ehnat ta’limiga doir, mehnat ta’limini takomillashtirishga qaratilgan 
bu  m asalalarga  lozim  darajali  e ’tibor  beriladi.  Yordam chi  maktab 
o'qituvchisi  o ‘quvchilarda  m ehnat  topshirig'ining  farqiga  borishi, 
materiallar,  buyumlar,  asboblaming  xususiyatlari  va  sifatini,  m ehnat 
sharoitini  tahlil  qilishni,  topshiriqning  borishini  nazorat  qilish  va 
rejalashtirishni,  o ‘qituvchining  rejasiga,  predmetli-texnologik  kartaga 
muvofiq  ravishda  ishni  bosqichma-bosqich  bajarganligi  haqida  hisobot 
berishni  avj  oldirishi  lozim.
Korreksion  ishlar  m ehnat  harakatlari,  tadbirlari,  m o ‘ljal  olishni 
nazo rat  qilish,  konstruktiv  va  tasviriy  faoliyatni  rivojlantirishni, 
harakatlar va natijalarning to ‘g‘riligini aniqlashni, tayyor buyum sifatiga 
baho  berishni  o ‘z  ichiga  oladi.
Q o‘l  m ehnati  darslari  aqli  zaifbola  analizatorlari  butun  sistemasini 
mashq  qildiradigan  m ehnat  malakalarini  hosil  qilishga  yordam  beradi. 
Bu  bilan  yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining  tevarak-atrofdagi  olam 
obyektlarini  analitik  idrok  etishni  faollashtirish  va  yaxshilash  uchun 
har  qanday  m ehnat  turida  zarur  b o ‘ladigan  ko‘rish,  sezish,  eshitish, 
hid  bilish,  kinestezik tasaw urlarni  shakllantirish  uchun  obyektiv  shart- 
sharoitlar  yaratiladi.  Idrok  etishning  m o ‘ljal  olish,  tadqiqotchilik  va
121


boshqaruvchilik vazifasi  shakllanadi.  Fikriy jarayonlar:  tahlil  qilish va sintez 
qilish  rivojlanadi.  0 ‘quvchi  bir xil  materiallami boshqalari  bilan  fakturasiyu 
shaklli miqdori bo‘yicha taqqoslab ko'radi. Buning natijasida mantiqiy operatsiya 
bo'lgan  taqqoslash  usullarini  amaliy  o ‘zlashtirish  sodir  bo'ladi.  M ehnat 
operatsiyasini ongli ravishda bajarish odatda buyumni fikran qismlarga ajratib 
chiqishni  nazarda tutadi.  Bu hoi  ijrochilik operatsiyalari tartibini  belgilashga 
yordam  beradi  —  tahlil  qilish  usullari  ishlab  chiqiladi.
Detallardan  buyumni  yig‘ish,  ayrim  operatsiyalami  yaxlit  sistemaga 
birlashtirish  sohasidagi  faoliyat  sintez  qilishni  rivojlantiradi,  faol  faoliyatga 
ko‘pgina tushunchalami kiritish hisobiga yordamchi maktab o‘quvchilarining 
nutqi  boyib  boradi,  o ‘quvchilar  og‘zaki  nutqni  tuzish  ko‘nikm alarini 
o'zlashtiradilar.
Bundan  tashqari,  oqilona  tashkil  etilgan  m ehnat  harakatga  doir  turli- 
tum an  m ehnat  malakalarini  rivojlantirish  imkonini  beradi  va  yurak-tomir 
sistemasini  m ustahkamlaydi,  to ‘g‘ri  nafas  olishni  yaxshilaydi,  aqli  zaif 
o ‘quvchilarning motor-harakat sohasidagi turli buzilishlariga barham beradi. 
Maxsus  maktab  o'quvchilari  orasida  harakatlari  buzilgan  o ‘quvchilar  ham 
uchrab  turadi  (harakatlami  muvofiqlashtirishning  buzilishi,  falajning qoldiq 
hodisalari,  harakatlaming  patologik  buzilishi),  lekin  bunday  o ‘quvchilami 
ham  mehnatga o'rgatish zarur.  Harakat qilishga doir mehnat ko‘nikmalarini 
rivojlantirish  ishlari  aniq  maqsadga  qaratilgan  va  m untazam   bo'lishi  lozim. 
Shuning  uchun  ham  oligofrenopedagog  o'quvchilar  bilan  m ashg'ulotni 
tashkil  etar  ekan,  har  qanday  holda  har  bir  o'quvchi  uchun  ish  sur’ati  va 
maromini  belgilashi,  bajarilishi  kerak  bo'lgan  dastlabki  ishlarni  aniqlashi 
lozim bo'ladi.  Ayniqsa,  ish  usullarini to'g'ri bajarishga alohida e’tibor berish 
kerak,  toki  keyin yana o'quvchilami  qaytadan  o ‘rgatishga ehtiyoj  qolmasin. 
Ish  harakatlarining  aniq,  yengil  bo'lishini  ishlab  chiqish  zarur.  Jismoniy 
yuklamani,  ayniqsa,  ta’limning  uchinchi  yilida sekin-asta  ko‘paytirib borish 
darkor.
Lekin  m ehnat  o ‘z-o ‘zidan  tuzatuvchi  ta’sir ko‘rsatmaydi.  Q o'l  mehnati 
darslarida yordamchi maktab 
0
‘qituvchisi psixofizik kamchiliklarini tuzatish, 
o ‘quvchilarning  bilish  imkoniyatlarini  rivojlantirish  uchun  yaxshi  shart- 
sharoitlar  yaratib  berishi  lozim.
Q o‘l  mehnati  darslarida  olib  boriladigan  korreksion-tarbiyalovchi  ishlar 
ta’lim va tarbiya jarayonini  to ‘g‘ri tashkil  etish va boshqarishni taqozo etadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish