Maxsus pedagogika


Bilish  — ta’lim jarayonining metadologik asosidir



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Bilish  — ta’lim jarayonining metadologik asosidir
Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham aqli zaif o‘quvchi bilmaslikdan 
bilishga,  noto‘g‘ri va noaniq bilimdan tobora to ‘liqroq va aniqroq bilishgacha 
bo‘lgan  yo‘lni  bosib  o ‘tadi.  Bu jarayonda  hissiy  idrok  etish  ham,  abstrakt 
tafakkur  ham,  amalda  sinab  ko‘rish  ham  bo‘ladi.
Muayyan  fan  va  hodisalar  obyektiv  dunyoni  bilish  jarayonidan 
o ‘rganiladi  va  ularning  tashqi,  ichki  mohiyatini  o‘zlashtirish  jarayonida 
omillar  aniqlanadi.  Mushohada,  tasavvur  va  abstrakt  tafakkurga  asoslanib 
faktlar umumlashtiriladi  va ilmiy xulosalar chiqarish  natijasida nazariyalar, 
qonunlar  va  kategoriyalar  yaratiladi.
Bilish  ikki  qismga  — nazariya  va  amaliyotga  bolinadi.  Nazariya yangi 
bilimni,  yangicha  bilishni  ifodalovchi  tizimli  fikrdir.  Nazariya  har  xil 
shakllarda  ifodalanadi:  aksioma,  teorema,  qonun,  formula,  grafik  raqam 
va boshqalar. Nazariyada g‘oya shakllanadi.
Amaliyot  bilimlaming  haqiqiyligini  ko‘rsatuvchi  mezondir.  Kuzatish, 
tajriba,  o'zgartirish,  yaratish  —  bular  amaliyot  shakllariga  kiradi.
Amaliyot  ijtimoiy  hayot  va  tabiatning  murakkab  jarayonlarini  bilib 
olishda  inson  uchun  asosiy  qurol  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  Marsni 
kuzatish jarayonini olaylik. Jonli mushohada va abstrakt tafakkur yordamida 
uchirilgan  ilmiy  apparatlar  orqali  olingan  maferiallami  laboratoriyalarda 
tekshirish  amaliyotga  kiradi.
Ilmiy bilishning vazifasi  hodisalaming  mohiyatini,  ularning  rivojlanish 
qonunlarini  ochishdangina  emas,  balki  biron-bir  qonunning  qay  tariqa 
namoyon  bo 1 ish  sabablarini  ham  ko‘rsatib  berishdan  iborat.
Ilmiy  omil  ilmiy  bilishning  elementi  boiib,  kuzatish,  tajriba  asosida 
qoiga  kiritiladi,  omilga  asoslanmagan  bilimning  ilmiy  qiymati,  amaliy
53


faoliyat uchun ahamiyati ham bo‘lmaydi.  Shuning uchun ilmiy bilimning, 
fanning  asosiy  maqsadi  omillar  asosida  yotgan  umumiy  bog‘lanishlami, 
qonuniyatlarni  topish,  ulaming  mohiyatini  bilishdir.
Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillami o‘rganishga 
katta  ahamiyat  berganlar.  Abu  N asr  Forobiy  (873—950)  bilimnmg 
elementi  bo‘lgan  omillarini  o ‘rganishga  katta  ahamiyat  bergan.  Uning 
fikricha,  bilimning  asosini  mavjud  narsa va  hodisalarni  inkor ettiradigan 
omillar tashkil  etadi.  Ibn  Sino  (980—1037)  kasallikni  vujudga  keltiruvchi 
obyektiv  omillarni  o ‘rganish  asosida  kasalliklami  turlarga  ajratadi  va 
davolash  usullarini  ishlab  chiqadi.  Beruniy  (973—1048)  tabiat  hodisalari 
sirlarini  o ‘rganishda  tajriba,  empirik  kuzatish  va  ular  asosida  olingan 
faktlaiga asoslanadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish