Bu bosqichda jamoa o‘z talablarini har bir alohida shaxsga qaratadi.
Bundan alohida shaxsni qiynash, unga tazyiq o‘tkazish fikri kelib chiqmasligi
darkor. Lekin bu hoi ba’zan uchrab turadi. Har bir o‘quvchining jamoadagi
o‘mi, uning xulqi, qiliqlari jamoa talablari bilan belgilanadi. Voqcalarga
baho berishda umumiy tajriba, yagona fikming yuzaga kelishi uchinchi
bosqichning xarakterli belgisidir. Umumiy ishlarga qiziqish, birgalikdagi
harakatlarga tayyor turish shu bosqichga xosdir. Bu bosqichdagi pedagogik
ishlar asosan ikkita bir-biriga bog‘liq vazifani hal etadi. Bularga ijtimoiy,
umumiy fikr va a n ’analar kiradi. Jamoada an ’analarning borligi shu
bosqichning shakllanganligidan darak beradi. Uning umumiy, korreksion
tarbiya jarayonidagi aham iyati nihoyatda katta, haqiqiy a n ’analar
qiyinchiliksiz, oson amalga oshiriladi. Agar an’analar buzilsa, unga nisbatan
qoniqmaslik holatlari kuzatiladi.
Qator an ’analar faqatgina mohiyati bilangina aqli zaif o ‘quvchilar
diqqatini jalb etib qolmasdan, balki jonliligi, rangdorligi bilan ham bolalarni
o‘ziga tortadi. Jamoadagi an’analar jamoa hayotiy tajribalarining chuqurligi
darajasini bildiradi. Shu sababli an’analarni sun’iy ravishda kiritish mumkin
emas.
Jamoa taraqqiyotidagi
to‘rtinchi bosqich bevosita uchinchi
bosqich davomi
hisoblanadi. Har bir o‘quvchi jamoaga tajribasi asosida o‘zicha talablar qo‘yadi.
Jamoaning axloqiy normalarini bajarish har bir o ‘quvchining shaxsiy
ehtiyojiga aylanadi. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonidir. Jamoa
hayotini shunday tashkil etish kerakki, uning har b ir a ’zosi o ‘z
qobiliyatlarining maksimal ro‘yobga chiqishiga harakat qilsin.
Yuqoridagilardan m a’lum bo‘ladiki, bolalar, o ‘quvchilar jamoasini
tarbiyalash uzoq vaqt talab etadiggn pedagogik jarayon ekan. Maxsus
maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishda ham jamoa juda
katta ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar shaxsini tarbiyalashda jamoa katta
imkoniyatlarga ega. Normal bolalar bilan olib boriladigan jamoaga oid
barcha ishlar, yordamchi maktablarda qator obyektiv sabablaiga ko‘ra maxsus
korreksion ishlar orqaligina amalga oshirib boriladi. 0 ‘qituvchi, tarbiyachilar
har bir bolaning psixofizik imkoniyatlarini bilgan holda uni jamoaga kiritib
boradi. Bolalar o ‘rtasida o ‘rtoqlikni vujudga keltirish uchun o ‘qituvchi,
tarbiyachilar ular bilan maxsus ish olib boradilar. Ulami o ‘zaro yordamga
chaqiradilar, o ‘rtog‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga o ‘rgatadilar. Ular bilan
umumiy o ‘yin, suhbatlar tashkil qiladilar, do‘stlik mavzuiga oid ishlar
olib boradilar. Shular natijasida bolalardagi
odamovilik, uyatchanlik yo‘qolib
boradi. Bolalarda bir-birlariga do'stona munosabat yuzaga kela boshlaydi.
Bolalar jamoat ishlariga jalb etiladilar. Dastlab bolalarga alohida topshiriqlar
berilsa, keyinchalik ijtimoiy topshiriqlar berib boriladi. Shu taxlitda har
bir bola jamoada o‘z o ‘rniga ega bo‘la boradi. Faol bolalar asta-sekin boshqa
o ‘quvchilarga ta’sir etishib, ulardan ijtimoiy joylarda intizom, xulq-atvor
183
qoidalariga amal qilishni talab qilib, o ‘qituvchi, tarbiyachilarga yordam
bera boshlaydilar.
Jamoada qatnashish tufayli ilgari yordamchi maktab o ‘quvchisiga
tushunarsiz b o ig a n ko‘pgina axloqiy tushunchalar ular tom onidan
o‘zlashtirilib boriladi. Jamoaning aqli zaif bolalarga ijobiy ta’siri haqida
qator ilmiy ishlar mavjud. Aqli zaif bolalarda jamoaga qo'shilish uchun
ehtiyojni tarbiyalash zarur. 0 ‘quvchi sinf va maktab jamoasi
hayotida ishtirok
eta borib, o'zidagi bir qator nuqsonlami yengib boradi. Nuqsonlarga jamoa
orqali ta’sir qilish ulardagi aqliy, jismoniy, shaxsiy yetishmovchiliklami
bartaraf etishga yordam beradi.
Jamoani tashkil etish darsda va darsdan tashqarida olib boriladigan
tarbiyaviy jarayonning bir qismi hisoblanadi. Bolalar jamoasiga qanchalik
ko‘proq tayanilsa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Mashg‘ulotlami, kun tartibini, bolalar o ‘yinini tashkil etish puxta o ‘ylab
olib borilsagina bolalarning jamoaga jipsroq birlashishiga yordam beradi.
Yordamchi maktabda o ‘qituvchilar va sinf rahbarlarining vazifasi sinfda,
maktabda tashkilotchilik vazifalari ko‘pchilik bolalar qo‘lida bo‘lgan o ‘zini-
o‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirishdan iborat.
Jamoaning mavjudligi aqli zaif bolalarda jamoa sharafi, o ‘rtoqlarcha
birdamlik, boshqalarga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish,
yuksak axloqiy
tuyg‘ularni shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tarbiyalovchi jamoa
insonparvarlik munosabatlari, o‘rtoqlarcha manfaatdorlik, bir-birlariga
e ’tibor bilan munosabatda bo‘lish, sinfdagi o ‘rtoqlarigagina emas, balki
boshqa jam oa a ’zolariga ham yordam berishga tayyor turish bilan
xarakterlanadi. Sinfda vujudga keltirilgan sog‘lom jam oatchilik fikri
0
‘quvchilar jamoasida ayrim bolalarga yoki o‘quvchilaming ayrim guruhlariga
ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.
Tarbiyalovchi jamoani vujudga keltirish birmuncha uzoq davom etadigan
jarayondir. Jamoada bolalar tashkilotchilik malaka va ko‘nikmalarini egallab
boradilar, o ‘rtoqlarining xatti-harakatiga axloqiy jihatdan baho berishga
o ‘rganadilar. Yordamchi maktabda boshlang‘ich jamoalar umummaktab
jamoasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan taqdirdagina tarbiyaviy vazifalami
samarali amalga oshiradilar. Bolalarni shunday faoliyatgajalb etish kerakki,
bu faoliyat ularda jamoa kamchiliklarini birgalashib yo‘qotishga doimiy
intilishni keltirib chiqarsin. Yordamchi maktabda jamoa faoliyatini tashkil
etishda bolalarning yosh xususiyatlarini va rivojlanish darajasini hisobga
olish lozim. Har qanday faoliyat turlari jamoaning vujudga kelishiga yordam
bermaydi. Awalo, faoliyat aqli zaif o ‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerak.
Faoliyat turlariga mumkin qadar ko'proq o ‘yin elementlarini kiritish
maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quv faoliyati o ‘z mazmuni, ta’lim usullari bilan
sinfda uyushgan bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradigan tarzda
tashkil etilishi lozim.
184
Yordamchi maktabda o'yin bolalar jamoasini jipslashtiradigan va
rivojlantiradigan asosiy faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o'yiniga e ’tibor
bilan razm solinsa, ulaming o ‘yinlarida kattalar dunyosi
qanday aks etishini,
ular o ‘yin orqali atrofdagi voqelikni qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish
mumkin. Yordamchi maktablardagi o‘yin faoliyatining qimmati shundaki,
o ‘yin jarayonida aqli zaif o'quvchilar ko‘pincha turli qiyinchiliklami
yengadilar, o ‘z harakatlarini boshqarishni o ‘rganadilar, dovyurak, irodali
bo‘lib boradilar. Ijodiy va mazmunlilarda yordamchi maktab o‘quvchilarining
barcha jarayonlari bilan birgalikda individuallari ham shakllanib boradi.
Yordamchi maktabdagi tarbiyachi hech qachon bolalarning o ‘yinlariga
befarq bo'lmasligi kerak. « 0 ‘yin, shuning uchun ham o‘yinki, u o ‘quvchilar
uchun sof mustaqil faoliyatdir», — degan K.D. Ushinskiy. Shu sababli,
bolalarning o ‘ynashiga bo‘lar-bo‘lmasga aralashavermaslik darkor.
Demak, foydali bir maqsad asosida birlashgan, o‘z manfaatini jamoa
manfaatiga bo‘ysundira oladigan shaxslar uyushmasi jamoani tashkil etar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: