maktablarning o‘z oldiga qo‘ygan ijtimoiy vazifalami muvaffaqiyatli hal
etilayotganligining ishonchli dalilidir.
Aqli zaif bolalarning bevosita jam iyat ishlab chiqarish jarayonida
qatnashishlari natijasida bu o ‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy masalalari
ijobiy hal etiladi, ya’ni ular ham normal tengdoshlari qatori dam oladilar,
davolanadilar, ijtimoiy ta ’m inotdan foydalanadilar. Bir so‘z bilan
aytganda, ular ham jamiyatning teng huquqli fuqarolari sifatida yashaydilar.
Mana shu natijaga erishish uchun barcha mamlakatlardagi defektologlar,
pedagoglar, shifokorlar, psixologlar harakat qilmoqdalar. Yordamchi
maktab o ‘quvchilarga bilim berish, tarbiyalash, ulami mustaqil hayotga
tayyorlashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan ekan, demak, birinchi o ‘rinda
m a’lum m ehnat turlaridan bilim berish, ularda tegishli ko‘nikma,
malakalar shakllantirish turadi. M ehnat ta ’limining asosiy
yetakchi vazifasi
nuqsonlarni tuzatishdir.
Mehnat ta ’limidagi barcha tuzatish ishlari qat’iy maqsad asosida izchil
amalga oshirib borilishi kerak. Bolalarga biror narsani tayyorlash jarayonini
tushuntirish asosida ayrim bilish jarayonlarini tarbiyalash ham amalga
o sh irib b o rilish i e ’tib o rd a tu tilish i kerak. B ilish ja ra y o n la rin i
takomillashtirish va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish o ‘z-o ‘zidan ta ’lim
natijasi sifatida yuz bermaydi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan
mehnat ta ’limi va tuzatish ishlariga taalluqli ta ’lim jarayonida normal
bolalarning rivoji orasida o ‘xshashlik mavjud. Bunda ta ’lim yetakchi rol
o ‘ynaydi. Buning uchun ta ’lim o ‘qituvchi tom onidan rivojlantirish,
tuzatish ruhida tashkil etilishi darkor. Yordamchi maktabdagi tuzatish
vazifalari umumijtimoiy vazifalar bilan bog‘lab olib borilishi kerak.
Yordamchi maktablardagi mehnat ta’limining ijtimoiy
va tuzatish vazifalari
o ‘z navbatida bu ishning aniq, tashkiliy usul va shakllarini aniqlashga
yordam beradi, o ‘quvchilarning um um iy tayyorgarlik darajasi, o ‘z
navbatida, m a’lum mehnat turini tanlashni taqozo etadi. Bu maktabni
bitirgan o‘quvchilar asosan birinchi va ikkinchi toifali mutaxassis bo‘lib
yetishadilar. Yordamchi maktab o ‘z o ‘quvchilariga sodda, tor soha
bilimlarini berish bilan kifoyalanadi. Bularga temirchilik, duradgorlik,
tikuv ishlari h am d a karto n m uqovalash, sodda qishloq x o ‘jalik
mutaxassisliklari kiradi. Bulardan tashqari bo'yoqchilik, maishiy ishlar,
qo‘g‘irchoqlar yasash bo‘yicha ham aqli zaif bolalar m a’lum bilimlar
egallashlari mumkin. Bulaming barchasida sodda, murakkab bo‘lmaganlik
xarakterli belgidir. Demak, yordamchi maktablardagi mehnat ta’limining
birinchi vazifasi aqli zaif o‘quvchilarni ishlab chiqarishga jalb etsa, ikkinchi
vazifa — mehnat orqali ularning nuqsonlarini to ‘g‘rilash, yumshatish,
kamaytirish, ularda ijobiy shaxsiy sifatlarni tarbiyalashdir.
Barcha ijodiy faoliyatlar singari mehnat qilish uchun ham o ‘qish,
o ‘rganish kerak. Inson m a’lum mutaxassislikni egallashi uchun m a’lum
118
vaqtda, m a’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma, malakalarni o'zlashtirishi
lozim.
T a ’limdagi muvaffaqiyat berilayotgan bilim larning murakkablik
darajasiga, olib borilishiga, ta ’lim usullariga hamda ta’lim olayotgan
o'quvchilaming psixofizik imkoniyatlariga bog‘liq. Mana shu omillar orasida
m a’lum bogliqlik mavjud. Bolalarga m a’lum mutaxassislik berish uchun
u la r jism o n iy , aqliy to m o n d an yetilgan b o lis h la r i kerak. A gar
berilayotgan ta ’lim «yaqin vaqtlarda rivojlanishi mumkin bo'lgan zona»da
bo‘lsa, unda bolaning psixofizik qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta ’sir
etadi. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatlaridagi mavjud psixofizik nuqsonlar
asosida ta ’lim jarayonining ayrim komponentlari orasidagi bog‘liqlik
qiyinlashadi. M ehnat ta’limining yordamchi maktab o ‘quvchilarining
umumiy kamolotiga ta’sirini bclgilashda bularni e’tiborga olish kerak.
M a’lumki, har bir kishining mehnati jamoa va jam oa uchun amalga
oshadi. Shu sababli aqli zaiflarda mehnatga ijobiy munosabat, intizom,
jamoada ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash kerak. Kichik bolaning eng
oddiy, ixtiyorsiz, instinktiv harakatlari sekin-asta ixtiyoriy, ongli
harakatlarga aylanib boradi. Shu jarayonda ta’lim katta rol o‘ynaydi. Bolalarda
mehnat malakalariga oid harakatlar shakllantirish ham mehnat ta ’limi
tarkibiga kiradi. Bu harakatlarni shakllantirishning o'ziga xos
qonuniyatlari
bo‘lib, m ehnatda aqliy harakatlar shakllantirish bilan uzviy bog‘liq.
Mehnat ta’limida aqliy rivojlanishning yetakchi omili bolalarning mustaqil,
maqsadga muvofiq m ehnat faoliyatini tashkil etishdir. Bu esa, o ‘z
navbatida, ularning aqliy rivojlanishi bilan bog‘liq. Rus oligofre-
nopedagogikasida m ehnat ta ’limiga e’tibor o'zining xarakterli tomonlari
bilan ajralib turadi. 1910-yildayoq mashhur defektolog A.Pabst ham qo‘l
mehnatiga katta e ’tibor bilan qaragan edi. Qo‘l mehnati aqli zaif bolalar
bilan ish olib boradigan yordamchi maktablar uchun ayniqsa muhim.
Bu yerda birinchilardan bo‘lib psixik rivojlanishdagi nuqsonlami mashqlar
orqali bartaraf etish mumkinligi amalda ko‘rsatiladi. Aqli zaif bolalarga
haqiqiy bilim berishni boshlashdan oldin ularning sezgi va muskullarini
mashq qildirish, rivojlantirish zarur.
1913-yilda xalq maorifining Butun Rossiya qurultoyida qo‘l mehnati
aqli zaif bolalar kamolotiga yaxshi ta ’sir etuvchi pedagogik vosita sifatida
e’tirof etildi. Bunda mehnatning rivojlantiruvchi ahamiyati tan olindi.
H aqiqatan, Y e.K .G rachyova, M .P.Pastavskaya, G .C h.T roshin,
V.P.Kashenko, G.N.Rossolimo, D.I.Azbukin, A.I.Graborov va boshqa
rus defektologlaming ishlarini tahlil qilsak, ularning har biri u yoki bu
asn o d a q o ‘l m e h n a tig a a lo h id a e ’tib o r b erg an lig in i k o ‘ram iz.
V.P.Kashenkoning ta ’kidlashicha, q o ‘l mehnati «asosiy, yetakchi fan
sifatida tan olinishi va barcha tarbiyaviy va ta ’limiy ishlarimizning asosi
bo‘lishi lozim».
Do'stlaringiz bilan baham: