Maxsus pedagogika


 ‘qitishda bilimlami  puxta  o‘zlashtirish  tamoyili



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

0 ‘qitishda bilimlami  puxta  o‘zlashtirish  tamoyili
T a ’lim  berish  bilim ,  ko‘nikm a  va  m alakalarning  m ustahkam  
o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak. Bu didaktik tamoyilning mohiyati shundan 
iboratki, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
xotirada  saqlanishi  lozim.  Bu  esa  istalgan  bir  paytda  xotirada  saqlangan 
bilimlardan  zarur  m a’lumotlar  olish  va  ulami  o ‘zlarining  o ‘quv  va  mehnat 
faoliyatida  qo‘llash  imkoniyatini  beradi.
0 ‘tkazilgan  ko‘pdan-ko‘p  kuzatishlar  va  tajribalar  (A.A.Smirnov, 
P.I.Zinchenko)  shuni  ko‘rsatadiki,  esda  olib  qolish  biron-bir  faoliyatda 
ro‘y  bergan  vaqtlardagina  eng  samarali  bo‘ladi.
Maxsus vositalar va usullami  (materialning m a’nosiga qarab guruhlarga 
ajratish, m a’no jihatidan muhim joylami belgilash, reja tuzish, esga tushirish 
bilan  almashib  turadigan  unumli  takrorlash  va  hokazo)  qoilagan  holda, 
esda  olib  qolish  sohasidagi  maxsus tashkiliy  faoliyat  bo‘lgan  yodlash  katta 
ahamiyatga ega. A.A.Smimovning o ‘tkazgan  tajribalari  shuni  ko‘rsatadiki, 
masalan,  matnni tuzib  chiqilgan reja asosida yodlash  rejaga asoslanmagan 
yodlashdan  esda  olib  qolish  tezligi  jihatidan  ham ,  esda  saqlashning 
mustahkamligi  jihatidan  ham  ikki  baravar  samaraliroq  ekan.
M a’lumki,  o ‘quv materialini  m a’nosiga tushunib esda olib qolish  faqat 
zarur bo‘libgina  qolmasdan,  shu  bilan  birga,  mexanik esda  olib  qolishdan 
beqiyos  darajada  samaraliroqdir.
61


Shuning uchun yordamchi maktab o‘quvchilariningbilimlarini mustahkam 
o‘zlashtirishga  erishishning  muhim  sharti  o'quv  materialini  ular  tomonidan 
tushunilishini  ta’minlash hisoblanadi.
Bu  tamoyil  o ‘quvchilar  bilimlarni  ongli,  tushungan  holda,  bilim, 
malaka,  ko‘nikmalami  uzoq  muddat  esda  saqlashlarini  talab  qiladi.
0 ‘quvchilar  materialni  tugatilgan,  ma’noli  bo‘Iak!arga  bo‘lib,  muhimini 
ajratib,  to‘g‘ri  yodlashga  ham  o‘rgatilishi  kerak.  Bunda  yordamchi  maktab 
o‘quvchilariningbirxususiyatini hisobga olish lozim. Ular muhimini ajratolmay, 
odatda  butun  o‘quv  materialini  so‘zma-so‘z  yodlab  oladilar.  So‘zma-so‘z 
yodlash  ayrim hollarda,  masalan,  ta’riflar,  ifodalar,  she’r va shunga  o‘xshash 
materiallami yodlashda zarur.  Biroq o ‘quv materialining katta qismi so‘zma- 
so‘z yodlab olishni emas,  balki uning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan to‘g‘ri aytib 
berishni  talab  qiladi.  Bu  jihatdan  yordamchi  maktab  o‘quvchilari  doimiy 
yordamga muhtojdirlar.
Yordamchi  maktab  o‘qituvchisining  ishida  bilimlarning  mustahkam 
o‘zlashtirilishini  ta’minlashda o‘quv  materialini  mustahkamlashga  katta o‘rin 
ajratilishi  kerak.
K.D.Ushinskiy  bu  borada  shunday  degan:  «Materialni  o ‘z  vaqtida 
mustahkamlamagan  o ‘qituvchi  yukni  yomon  bog‘lab,  aravani  quvgan 
aravakashga o‘xshaydi. Orqasiga qaramay, aravani quvib manzilga yetib kelgach, 
aravada hech narsa qolmagan bo‘ladi. U esa uzoq masofani bosib o‘tganligidan 
xursand bo‘ladi. 0 ‘qituvchi ham o‘z vaqtida materialni mustahkamlab bormasa, 
fan  o‘qib tugatilgach,  bolaning  ongida  hech  narsa qolmasligi  mumkin».
Yangi  material  o‘tilganda  o'quvchilarga  mashqlar  berib,  ulaming  yangi 
materialni  qanday  tushunganliklarini  aniqlash  mumkin.
Mustahkamlashning zarur sharti  mashq qilish bo‘lib,  u quyidagi shartlami 
bajarishi  lozim:
1)  mashqning  maqsadini,  qanday  natijalarga  erishish  kerakligini  aniq 
bilish  zarur;
2)  bajarishning  aniqligini  maxsus  kuzatish,  agar  xatolar  paydo  bo‘lsa, 
ular  mustahkamlanib  qolmasligi  uchun  mashqlarning  natijalarini  kuzatish, 
o‘z  harakatlarini  namuna bilan  taqqoslash,  qanday  muvaffaqiyatlarga  erishib 
bo‘linganini anglash va kamchiliklaiga barham berish uchun ulardan qaysilariga 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish