Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Savol  va  topshiriqlar
1.  Korreksiya  (tuzatish)  so ‘zining  m ohiyati,  m azmuni  haqida  so'zlab  bering.
2.  Inson faoliyati deganda  nim alam i tushunasiz?
3.  Aqli  zaif o'quvchilar shaxsini  shakllantirishda  mehnat  faoliyatining  o ‘m i va 
ahamiyati  haqida  so ‘zlab  bering.


3-BO B.  YORDAMCHI  MAKTABLARDA 
TA’LIM  NAZARIYASI
3.1.  Yordamchi  maktablarda  ta’lim jarayonining  mohiyati
Oligofrenodidaktika  umumiy  pedagogikaning  bir qismi  bo‘lib,  aqli  zaif 
bolalar ta’lim-tarbiyasining nazariyasini ishlab chiqadi.  Xususan, yordamchi 
maktablarda ta’lim mazmuni, jarayoni, tamoyillari, usullari hamda pedagogik 
jarayonni  uyushtirish  shakllari  haqida  batafsil  ma’lumotlar  beradi.  Uning 
nazariy  asoslari  inson  shaxsi,  uning  taraqqiyoti  haqidagi  ilmiy  bilimlarga 
asoslanadi. Oligofrenodidaktika umumiy didaktika bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib,  uning  umumiy  qonun-qoidalaridan  foydalangan  holda,  umumiy, 
pedagogik,  maxsus  psixologiya  yutuqlariga  ham  asoslanadi.  Qomusiy  olim 
Abu  Rayhon  Beruniy  haqli  ravishda:  «Odamlarda ta’lim-tarbiyaga qobiliyat 
turlichadir.  Birovlar bu qobiliyatga ega, boshqalar esa mahrum.  Mahrumlar 
mashaqqatli  mehnat,  intilish,  tirishqoqlik  orqali  tushunishlari  mumkin»,  — 
degan.  Demak,  nuqsonlilar  ta’lim-tarbiyasida  shaxsni  o ‘rganib,  muomala 
qilish  zarur.
Yordamchi maktablar didaktikasining uzviy bo'limlaridan biri — ta ’lim 
jarayonining  m ohiyatidir.  D idaktika  ta ’lim  jarayonining  um um iy 
qonuniyatlarini  o ‘rganuvchi  qismidir.  Didaktika  grekcha  so‘z  bo‘lib, 
«didayko»  —  o ‘qitish,  «didaskal»  -   o ‘rgatuvchi  degan  so‘zlardan  kelib 
chiqqan.  Didaktikaning so‘zma-so‘z taijimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. 
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi  va  mohiyatini  o‘z ichiga 
oladi.  Didaktika o ‘z oldiga o ‘qitishning  maxsus  maktab  o‘quvchilarini  har 
tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini 
bilib  olish  vazifasini  qo‘yadi.
Demak, didaktika oligofrenopedagogikaning «nimaga o ‘qitish», «nimani 
o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika 
esa, o ‘z  navbatida, ayrim o ‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam 
bog‘lanadi.  Shu  usullar  m a’lumotiga  tayanib,  o'qitishning  umumiy 
qonuniyatlarini  yechib  beradi  va  ayni  vaqtda  har bir o ‘quv  fanini  o ‘qitish 
usullari  uchun  umumiy  asos  boiib  xizmat  qiladi.
Al-Xorazmiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Yusuf  xos 
Hojib,  Kaykovus,  Alisher  Navoiy  kabi  buyuk  sharq  mutafakkirlari 
o ‘zlarining  saboqlarga  boy  asarlarida  tibbiyot,  mantiq,  musiqa,  adabiyot, 
geografiya,  riyoziyot  kabi  ilmlami  o‘qitish vositasida avlodlami  tarbiyalash 
g‘oyasini  olg‘a  surdilar.
52


Sharqu g‘arb  m a’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan  markaziy 
o‘rin  olgan  didaktika  doimo  rivojlanib  boradi.  Didaktika  rivojiga  buyuk 
chex  pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy  ham  katta  hissa  qo‘shdi.  Uning 
«Buyuk  didaktika»  asari  o'qitishni  rivojlantirishga  g‘oyat  katta  ta ’sir 
ko‘rsatadi  va  muallimlaming  doimiy  foydalanadigan  manbai  bo‘lib  qoldi.
0 ‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil  topishi  va rivojlanishi Abdulla 
Avloniy,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Muhammad  Rasuliy,  Qori  Niyoziy,
O.Sharafiddinov  kabi  pedagog  va  olimlarning  nomlari  bilan  bog‘liq. 
Ajdodlarimiz  tajribasini  o ‘rgangan  holda  hozirgi  kun  davr talabi  pedagogik 
faoliyatdagi  formalizmning  qat’iyan  oldini  olish,  o ‘qitishdagi  muqobil  usul, 
shakl va vositalami tanlash, pedagogika fani yutuqlarini amalga dadillik bilan 
joriy qilish vaqti yetdi. Usuliy ishlarni jonlantirish, olegofrenopedagoglaming 
tashabbuslarini,  ijodiy  izlanishlarini  har  tomonlama  rivojlantirish,  ilg‘or 
pedagogik  tajribani  chuqur  o‘rganish  lozim.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish