Maxsus pedagogika


  Yordamchi  maktab,  uning  maqsad  va  vazifalari



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

2.3.  Yordamchi  maktab,  uning  maqsad  va  vazifalari
39


muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  davlatning  umumiy  ishlari  orqali 
ro ‘ yobga 
chiqarilishi  mumkin.
L.  S. Vigotskiyning  1924-yilda aytgan optimistik bashorati  naqadar 
haqiqiy  ekanligini  hozir  defektologiya  sohasida  erishilgan,  eri- 
shilayotgan yutuqlar ham ko‘rsatib turibdi.  «Ehtimol,  insoniyat ertami, 
kechmi  ko‘rlik,  karlik,  aqli  zaiflikni  yengadi. Ammo  ularni biologik va 
tibbiyot tom onidan ko‘ra,  ijtimoiy va pedagogik tom ondan ancha ilgari 
yengadi»,  —  deb  ta ’kidlaydi  L.  S.  Vigotskiy.  Turli  nuqsonli  bolalarga 
ta ’lim -tarbiya  berish  maktablarining,  davolash  muassasalarining  keng 
tizimi  olim  fikrining  dalili  emasmi?  Fan  yutuqlarini  hayotga  tatbiq 
etish  tufayli  turli  xil  yuqumli  kasalliklar  um um an  tugatildi.  Bilim 
egallashi  m um kin  bo ‘lgan  nuqsonli  bolalar  uchun  majburiy  ta ’lim 
joriy  etildi.  Barcha  maxsus  m aktablar,  m aktab-internatlar,  maxsus 
bog‘chalar  butunlay  davlat  ta ’minotiga  o'tkazilgan.
Ayrim chet mamlakatlarda nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan xususiy 
muassasalar,  diniy  tashkilotlar,  nuqsonlilarga  yordam  berish  jamiyatlari 
hamda ayrim maxsus maktablar shug‘ullanadi. Ulardagi ta’lim-tarbiya ishlari 
qat’iy tizim asosida olib borilmaydi. Bizdagi yordamchi maktablar ommaviy 
maktablar  singari  yosh  avlodga  ta ’lim-tarbiya  berish,  ularni  jamiyatning 
foydali  kishisi  qilib yetishtirishga xizmat qiladi.  Shu bilan birga,  yordamchi 
maktablaming  maxsus,  xususiy  vazifalari  ham  mavjud.  Bularga  aqli  zaif 
o‘quvchilaming psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda,  ularga alohida 
yondashgan  holda  bilim  berish  orqali  bilish  jarayonlarini  tuzatib  borish 
vazifasi  kiradi.  Yordamchi  maktablar  aqli  zaif bolalar  uchun  dastlabki  va 
oxirgi  o ‘quv  yurti  bo‘lganligi  sababli,  o ‘quvchilar  maktabni  bitirgandan 
so‘ng bevosita hayotga yo‘llanma olishlarini  hisobga olib,  ularga maktabda 
turli  xil  kasbiy  mehnat  ko‘nikmalari,  malakalari  beriladi.  Yordamchi 
maktablarda davolash ishlari umumiy ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda 
qo‘shib  olib  boriladi.
Yordamchi  maktablar tajribasini ilmiy jihatdan umumlashtirish asosida 
ta’lim-tarbiya  nazariyasini  ishlab  chiqish  oligofrenopedagogika  fanining 
bosh mavzuini tashkil qiladi. Ta’limning didaktik asoslari, darsning umumiy 
tizimi,  maktabda  o ‘quv  ishlarini  tashkil  etish,  xususiy  uslubiyotlarning 
umumiy masalalari kabi pedagogik masalalar umumiy pedagogik talablarga 
suyanadi.
Oligofrenopedagogika  fani  qator  umumiy  va  maxsus  fanlar  bilan 
chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi. Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatlari, 
ularning  rivojlanish  xususiyatlari,  kasalliklari,  kechishi,  davolash  ishlarini 
nevropatologiyadan,  aqli  zaif  bolalar  mhiy  jarayonlarining  xususiyatlari, 
ulaming  taraqqiy  etish  xususiyatlari  oligofrenopsixologiyadan,  yordamchi 
m aktabda  davolash-sog'lom lashtirish  ishlarini  tashkil  etish  uchun 
m a’lum otlar  oligofreniya  klinikasidan  olib  o'rganiladi.  Yordam chi
40


maktablarda ta’lim 9 yil olib boriladi.  0 ‘quv rejasiga kiradigan fanlar haqida 
qisqacha to ‘xtalib  o‘tamiz:

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish