dasturini o ‘zlashtira olmayotganligi uchun uni maktabdan chiqarishlarini
so‘rab ariza beradi. Ana shunday hollarda muammoli hodisalar ota-onalar
bilan yoki o‘qituvchi bilan yuz bermasligining oldini olishda ham qo‘l keladi.
Yordamchi maktab rahbari va uning o ‘quv ishlari bo‘yicha muovini
darsni tekshirishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
— darsning korreksion maqsadi qanchalik to ‘g‘ri, aniq va tushunarli
qilib ifodalanganligi;
— darsning bosqichlari qanchalik o‘ylab
olinganligi, darsning korreksion
tarbiyalovchi ahamiyati;
— maqsad yuzasidan uning mazmuni bayon etilganligi;
— materialning ilmiy-nazariy saviyasi qandayligi;
— o ‘qituvchi-defektolog qo‘llagan uslublar qanchalik samarali hamda
zamonaviy bo‘lishi;
— darsda o ‘qituvchi-oligofrenopedagogning didaktik qoidalarga rioya
qilishi;
— o'qituvchi-oligofrenopedagogning har bir darsda har bir o ‘quvchi
bilan individual shug‘ullanib, ulaming korreksion aqliy o‘sishiga qanchalik
erishishi, maxsus ta’limning ko‘rsatma va texnik vositalaridan qanchalik
malakali foydalanishiga e’tibomi qaratish lozim.
D arsning boshi va oxiriga, tashkiliy to m o n ig a, darsning bir
bosqichdan ikkinchi bosqichga o ‘tilishiga, ularning mantiqiy bog‘la-
nishiga, darsdagi ja m o a ishining birga q o ‘shib olib borilishiga,
o ‘quvchilardan so‘rash va ulaming bilimlarini baholashga hamda uyga
beriladigan topshiriqlar sistemasiga e’tibor berish nihoyat muhimdir. Shu
bilan birga darsga ketgan vaqtni belgilash zarur. Bular dars vaqtini obyektiv
baholash imkonini beradi. Darsning tarbiyaviy tomoniga ham alohida
e ’tibor qaratiladi.
Darsning tuzilishi mazmuni, uslublari, o'qituvchining darsdagi xatti-
harakatlari tarbiyaviy nuqtai nazardan baholanadi. Yordamchi maktab
rahbari h ar bir darsni kuzatib b o ‘lgandan so‘ng o ‘qituvchi bilan
suhbatlashib, uning yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida madaniyatli qilib
aytib o ‘tishi va uning kelgusi faoliyati uchun muvaffaqiyat tilashi lozim.
Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari aqli zaif o ‘quvchilar
bilan olib boriladigan o‘quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga
rahbarlik qiladilar va ulami tekshirib turadilar.
Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari tadbirlaming g‘oyaviy
yo‘nalishini tashkil etishning ilmiy-uslubiy darajasi aqli zaif bolalarning
qiziqishlari va uning faolligi, mashg‘ulotning o‘quv- tarbiyaviy qimmatiga alohida
e’tibor qaratadilar. Yordamchi maktabda oligofrenopedagoglar, sinf rahbarlari,
direktor va uning muovinlari o‘zlarining ishlari haqida hisobot beradilar. Hisobot
berish oligofrenopedagoglar yordamchi maktab rahbarlariga o‘z ishlarining
natijalarini tahlil qilishga, aqli zaif o‘quvchilarga ta ’lim berishda ba’zi
34
kamchiliklaming sabablarini ochishga, ulami bartaraf etish yo'llarini belgilashga
ko'maklashadi. Yordamchi maktabda har bir o‘quvchi jiddiy hisobga olib boriladi:
o‘quvchilami kuzatish daftari va shaxsiy papkalari bo‘ladi. Yordamchi maktab
o‘quvchisiga berilgan psixonevrologning xulosasi, tashxisi, aqli zaif o‘quvchining
qabul qilingan vaqti, sanasi, qayerdan kelganligi haqidagi ma’lumotlar boladi.
Shaxsiy hujjatlarda yordamchi maktab o ‘quvchisining yordamchi maktab
dasturini o‘zlashtirishi va xulqining ahvoli haqidagi umumiy ma’lumotlar boladi.
Bu hujjatlar o‘quvchi yordamchi maktabni tugatgandan so‘ng yordamchi
maktab arxivida saqlanadi.
Yordamchi maktab ishini har jihatdan to ‘g‘ri tashkil qilish, uning
samaradorligi natijasi garovidir, bu esa jamoa mehnati jarayonlarini oqilona
yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini korreksion tarbiyalash ko‘plab
kishilaming g‘amxo‘rligi, umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan,
demak, bu mehnatning muvafFaqiyati ko‘p jihatdan ulaming kuchlari
qanchalik to ‘g‘ri yo‘naltirilganligiga, maqsadlar birligi va harakatlar
muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: