Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki periferik new sistemasidagi organik yoki funktsional o'zgarishlarga aloqador bo'lishi miimkin. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, notiig'ri tarbiya, ta'lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, uqituvchining bolaga noto'g'rimunosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta'sir kursatib, lining dastur materiallarini yaxshi uzlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo'shilib qolishiga sabab buladi. SHunday bulsada. biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funktsional patologik o'zgarishlarga bog'liq bulmay. balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |