faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat,
bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o'z-o'zini takomillashtirish davri
hamdir. Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish
ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil
etishda ularni samarali qo'llash kabi jihatlarni o'zida mujassam ettirgan jarayon
uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog'liq qarash,
qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o'zgarib, takomillashib boradi. SHu bilan barobar
ravishda magistrantlar oliy ta'lim muassasalarida ta'lim- tarbiya jaraenini amalga oshirish
malaka larini ham egallab boradilar.
Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda
faol va samarali usul hamda
shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta'lim muassasalarida olgan bilim, ko'nikma va
malakalarini ta'lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko'chira olishi, ta'lim jaraeninitez
o'zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida olib borishlari kerak.Hozirgi
kunda magistratura mutaxassisliklari o'quv rejalarida majburiy fanlardan biri hisoblangan
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" o'quv fani barcha mutaxassisliklar uchun 14 soat
ma'ruza va 16 soat amaliy mashg'ulot tarzida rejalashtirilgan.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa bir
qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining rivojlanishida psixologo-pedagogik,
ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining zamonaviy yutuqlariga tayanadi.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy
va maxsus fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim berishning shart-sharoitlari,
tashkiliy
shakllari hamda metodlari, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtiruvchi, dars mashg‘ulotlarini loyihalash va ularni o‘tkazish metodikasini ishlab
chiqishni o‘rgatuvchi pedagogik fan hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya
ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb
muammolarni ijobiy hal eta
oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib,
ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – maxsus fan o‘qituvchisini
tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani
pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
1.2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani o’quv rejadagi majburiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining materiallari va boy ilmiy-ma’naviy meroslardir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti – ta’lim oluvchilar tomonidan
kasb sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi jarayonini boshqarish
bo’yicha maxsus fan o’qituvchisining ta’limga oid faoliyati qonuniyatlaridir.
Fanning tadqiqot ob’ekti - oliy ta’lim muassasalaridagi mutaxasislik fanlarini
o’qitish jarayonidir.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda uning
quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: