O’z fikrini o’zgartirmaslik xatosi
. Ta’lim beruvchi o’zining birinchi fikrini
o’zgartirishni xohlamasligi tufayli u o’z nazoratining natijalarini o’zgarishsiz
qoldiradi. Bir marta sodir bo’lgan voqea tufayli ta’lim beruvchida biror ta’lim
oluvchi to’g’risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik bu ta’lim
oluvchining shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e’tibor bermasligiga
olib keladi.
Yoqtirmaslik xatosi
. Biror ta’lim oluvchini yoqtirmaslik yoki unga
nisbatan salbiy fikrda bo’lishi tufayli ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga yomon baho
qo’yadi. Bu xato “Hayrixohlik xatosi” ning aksidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |