Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi


O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili-



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/127
Sana11.02.2022
Hajmi1,49 Mb.
#444231
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
maxsus fanlarni oqitish metodikasi

O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili-
tizimlilik va izchillik tamoyili o'qitishni 
shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy mantiqiy 
tartibda olib boriladi. Talabalar bilim, ko'nikma hamda malakalarni izchillik bilan 
egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan 
foydalanishni o'rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili pedagogik jarayonning 
hamma bo'g'mlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda 
o'z aksini topadi. Ulardagi material bir qator didaktik talablar bo'yicha joylashtiriladi. 
O'quv dasturida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi 
kerak. Har bir darsda o'quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq 
keluvchi mazmunm tarkib toptirish kerak. Har bir kasbiy fan uchun o'quv dasturi talabiga 
mos holda dastavval tayanch tushunchalarni aniq belgilab olib, ularning darajasi va 
me'yorini aniqlash kerak. Maxsus fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan usullarni aniq 
belgilab, yuqori samara beruvchi usullardan foydalanish, mashg'ulotlar davomida 
berilayotgan bilim va ko'nikmalarning talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini 
belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Talabalarning ma'lumot darajasi oshib borishiga va rivojlanishiga 
qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora yaqinlashib boradi. 
Mashg'ulotlarni o'tkazishda dasturga aniq rioya qilish va talabalarning darslik bilan 
ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirib olishga yordam beradi. 
Ta'lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta'lim beruvchi 
o'quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo'lishi, keyingisi esa, oldingisining 
davomi va oldingisi bilan mustahkam bog'liq bo'lishini ta'minlashi lozim. 
Darsning tizimli va izchil bo'lishida quyidagilarga e'tibor berish, ya'ni ma'lumdan - 
noma'lumga, osondan - qiyinga, oddiydan - murakkabga, yaqindan - uzoqqa, yakkadan - 
umumiyga, umumiydan - juz'iyga, konkretdan - abstraktga, misollardan - qoidalarga 


o'tish tavsiya etiladi. Amaldagi qo'llanib kelayotgan DTS talablari asosidagi o'quv 
rejalari va dasturlari ham ta'limning tizimli va izchil bo'lishiga amal qilingan holda 
tuzilmoqda. Xullas, ta'limning ilmiy, tizimli va izchil bo'lishi tamoyili ta'lim jarayonida 
bir - biriga mustahkam bog'langan holda umumiy birlikni tashkil etadi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish