III BOB. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI
19-22-mavzu. Nosiruddin Rabg‘uziy. “Qisasi Rabg‘uziy” asari (4 soat)
Sharq adabiyoti tarixida payg‘ambarlarga bag‘ishlangan qissalar. “Qisasi Rabg‘uziy”ning yaratilish tarixi. Asardagi qissa va hikoyatlar tasnifi. “Sulaymon va Bilqis” hikoyati, Muso alayhissalom, Dovud alayhissalom bilan bog‘liq hikoyatlar. Asardagi she’riy parchalar. Ularning janr xususiyatlari. Asarning til xususiyatlari, badiiyati.
23-28-mavzu. Alisher Navoiy. “Lison ut-tayr” dostoni (6 soat)
Navoiy haqida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar. Buyuk mutafakkirning hikmat darajasiga ko‘tarilgan shohbaytlari sharhi (“Lison ut-tayr” va “Saddi Iskandariy” dostonlari asosida).
“Lison ut-tayr” – irfoniy doston namunasi sifatida. Dostonning umumiy mazmun-mundarijasi. Doston tarkibidagi hikoyatlar. Muqaddimadagi to‘rt chahoryor bilan bog‘liq hikoyatlarning ma’rifiy ahamiyati. Dostondagi vodiylar tavsifi. Dostonning ramziy timsollari olami. Semurg‘ – najot timsoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |