8-9-mavzu. “Go‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi” dostoni (2 soat).
“Go‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi” yoki “Shahidnoma” nomi bilan ma’lum doston “Go‘ro‘g‘li” tukumligini yakunlovchi, turkumning so‘nggi halqasi ekanligi. Doston bilan bog‘liq magik ishonch va uning paydo bo‘lishi, amal qilishi. Doston syujeti, variantlari, badiiy qimmati.
10--mavzu. “Go‘ro‘g‘li” dostnini kuylagan baxshi shoirlar (1 soat).
Po‘lkan shoir, Islom shoir, Abdulla baxshi, Ahmad baxshi, Bola baxshi, Umir shoir, Qodir shoir, Shoberdi baxshi, Abdunazar baxshi, Qahhor baxshi kabi baxshi shoirlar va o‘zbek baxshilik maktablarining tarixi va baxshichilik san’atining bu kungi holati, rivoji, “Go‘ro‘g‘li” turkumining saqlanishi va avloddan avloga o‘tishidagi xizmatlari.
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari va yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Shomirza Turdimov. “Etnos va Epos”
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni
“Go‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi” dostoni
Do'stlaringiz bilan baham: |