30-31-mavzu. Sehrli-fantastik ertaklar. “Cho‘loq bo‘ri” ertagi (2 soat)
Sehrli-fantastik ertaklar haqida qisqacha ma’lumot. “Cho‘loq bo‘ri” ertagida uch aka-uka obrazlari. Kenja shahzodaning “borsa-kelmas” makonga o‘tib, otasining talablarini bajarishi. Ertak zamiridagi majoziylik.
32-33-mavzu. Hayotiy ertaklar. “Uch ko‘r va bir yigit” ertagi (2 soat)
Hayotiy ertaklarning o‘rni, mavzu doirasi haqida ma’lumotlar. “Uch ko‘r va bir yigit” ertagi misolida hayotiy ertaklarda xalq donishmandligi, ularning ma'rifiy qimmati, badiiy ifodasi ko‘rsatib berilishi. Ertakdagi uch aka-uka ko‘rlarning ko‘zi boylik orqali ko‘r bo‘lib qolganligi, yigitning halollik orqali boylikka ega bo'lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |