Turk hoqonlari Bilga hoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi bitiktosh -Bilga hoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish hoqoninng katta o’g’li - Kulteginning akasi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda o’rnatilgan. Bilga hoqon 734 yilda ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’tegin tomonidan yozilgan. Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bo’lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |