81
qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor
xo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga
ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni
hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun
bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil
qilishda
Tanzi diagnostik testidan
foydalanish mumkin.
Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito
Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan:
1.
Konsentratsiya indeksi.
Yalpi daromadlarning katta qismi nisbatan
kam soliqlar soni va soliq stavkalari hisobiga tushadimi?
2.
Dispersiya indeksi.
Faqat noqulaylik tug‘diradigan kam miqdorda
tushumli soliqlar soni ozmi (yoki umuman yo‘qmi)?
3.
Eroziya indeksi.
Haqiqiy soliqqa tortish bazasi potensial baza bilan
maksimal tarzda mos keladimi?
4.
Yig‘imlarni kechikish indeksi.
Soliq to‘lovchilar
soliqlarni aytarlik
kechikmasdan va qanchalik o‘z vaqtida to‘laydilar?
5.
Muayyanlik indeksi.
Soliq tizimi muayyan stavkali kam sonli soliq
turlariga asoslanganmi?
6.
Obyektivlik indeksi.
Ko‘pchilik soliqlar obyektiv o‘lchash mumkin
bo‘lgan soliqqa tortish bazasidan olinadimi?
7.
Soliqlar yig‘ishni ta’minlash indeksi.
Soliqlar samarali yig‘imi
to‘laligicha ta’minlanadimi?
8.
Soliqlar yig‘ishdagi xarajatlar indeksi.
Soliqlar yig‘ishda budjet
xarajatlari minimumga keltirilganmi?
Yuqoridagi savollarning barchasiga ”ha” javobi berilsa, Tanzi
testiga
ko‘ra, soliq tizimi tushumlarning samaradorligi nuqtai nazaridan eng
yuqori bahoga sazovor bo‘ladi.
Xarajatlar tahlili.
Davlat xarajatlari davlat idoralarining faoliyatini
moliyalashtirishga ketgan xarajatlari bo‘lib, unga davlat idoralari
tomonidan tovar bilan ta’minlash va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish
va transfertlar kiradi. Davlat tovar va xizmatlarni ikki ko‘rinishda taqdim
qiladi: bevosita aholi individual yoki kollektiv tarzda iste’mol qiladigan
(masalan, jamoat transporti va milliy parklar) tovar va xizmatlar; ishlab
82
chiqarish omillaridan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladigan
tovar va xizmatlar (masalan, sanoat va port inshoatlari).
Ko‘pchilik xarajat turlari, masalan, infratuzlmaga xarajatlar va
yo‘llar ikkala kategoriyani qamrab oladi. Pensiya va ishsizlik nafaqasi
kabi ba’zi xarajatlar bevosita uy xo‘jaligi va tijorat korxonalariga
transfertlar ko‘rinishida taqdim qilinadi.
Davlat xarajatlarining darajasi va tarkibiga baho berishda tahliliy
yondashish talab qilinadi. Bunday tizimli yondashish beshta elementdan
iboratdir:
makroiqtisodiy yondashishiga mos keladigan yalpi xarajatlar darajasi
va
budjet balansi;
ba’zi tovar va xizmatlarni taqdim qilishda
xususiy sektordan oqilona
foydalanish (davlat tomonidan moliyalashtirish zarur bo‘lgan hollarda
ham u birinchi navbatda ijtimoiy tovarlarni taqdim qilish, tashqi samarani
ta’minlash
va
aholini
ijtimoiy
muhofaza
qilish
tizimidan
foydalanuvchilarga nafaqa berish, ya’ni xususiy bozor bajarmaydigan
yoki yetarli darajada bajarmaydigan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishi
kerak);
xarajatlarni taqsimlash ham bitta dastur doirasida, ham boshqa
dasturlar bilan o‘zaro bog‘langan holda olinadigan qaytimga asoslanishi
lozim;
ushbu dasturga yoki sektorga joriy xarajatlar va kapital
qo‘yilmalarning puxta tahlili boshqa dasturlar va sektorlarga xarajatlarni
oqilona taqsimlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi;
xuddi shunday puxta tahlil budjet institutlariga nisbatan ham talab
qilinish lozim. Bunda yalpi xarajatlarni cheklash, samaradorligini oshirish
va adolatlikni ta’minlash uchun rag‘batlantirish va qo‘llanmalardan
foydalanish talab qilinadi.
Davlat xarajatlarining turlari.
Davlat xarajatlarining asosiy
kategoriyalari bo‘lib ish haqi, tovar va xizmatlar, subsidiyalar, transfertlar,
foiz to‘lovlari va kapital qo‘yilmalarga xarajatlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: