Xarajatlar va daromadlarning muvozanati, ya’ni tovarlar bozorining
muvozanati ikki egri chiziq kesishgan nuqtada joylashgan (A nuqta). Bu
nuqtada:
1) rejalashtirilgan xarajatlar ishlab chiqarish hajmi (daromad)ga teng:
E p = Y ;
2) haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng:
E = E p ;
3) in’eksiyalar oqimlarga teng:
I = S ;