Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil


 Inflatsiyaga qarshi siyosat va inflatsion



Download 2,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/174
Sana02.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#307619
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Bog'liq
67makroiqtkaf04makroiqtisodiytahlilpdf

 
9.8. Inflatsiyaga qarshi siyosat va inflatsion 
 targetlashning ahamiyati 
 
 
9.8.1. Inflatsiya xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar 
  P.  Graud  va  M.  Polan  inflatsiyaning  miqdoriylik  nazariyasi 
qoidalaridan biri bo‘lgan - pullarning o‘sish sur’ati va inflatsiya darajasi 
o‘rtasida  to‘g’ri  mutanosiblik  mavjud,  degan  qoida  to‘g’ri  va  statistik 
ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.  
Ayni  vaqtda,  tadqiqot  mualliflari  inflatsiya  darajasi  past  bo‘lgan 
mamlakatlarda  pullar  taklifining  o‘sish  sur’ati  va  inflatsiya  o‘rtasida 
to‘g’ridan-to‘g’ri  bog’liqlikning  mavjud  emasligini  aniqlashdi,  ya’ni 
korrelyatsiya  koeffitsientining  nolga  yaqinligi  ma’lum  bo‘ldi.  Buning 
sababi sifatida e’tirof etildiki, rivojlangan moliya bozorlariga ega bo‘lgan 
va  hukumatga  ishonch  darajasi  yuqori  bo‘lgan  mamlakatlarda  past 
inflatsiya  sharoitida  pulning  aylanish  tezligining  o‘zgarishi  ekzogen 
                                                            
43
 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 


99 
omillar ta’sirida yuz beradi. Demak, pullar taklifi ekzogen omillar tufayli 
yuzaga kelgan pullarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashadi.  
Tadqiqot  mualliflarining  fikriga  ko‘ra,  Markaziy  bank  mustaqillik 
darajasining  yuqori  ekanligi  va  pul  agregatlarini  monitoring  qilish 
tizimining  rivojlanganligi  pullar  taklifi  hajmini  nazorat  qilish  imkonini 
beradi.  Shuning  uchun  pullar  taklifining  o‘sishi  pullarga  bo‘lgan 
talabning  o‘sishiga  nisbatan  o‘ziga  xos  reaktsiya  hisoblanadi  va 
baholarning o‘sishiga olib kelmaydi.  
Iqtisodiy  adabiyotda  inflatsiya  va  iqtisodiy  o‘sish  o‘rtasidagi 
aloqadorlik masalasida keskin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir 
guruh  iqtisodchi  olimlar,  shu  jumladan,  G.  Xess  va  Ch.  Morrislarning 
fikriga  ko‘ra,  baholarning  sezilarsiz  darajadagi  o‘sishi  ham  iqtisodiy 
o‘sishga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi
44
.  Ularning  fikriga  ko‘ra,  baholarning 
unchalik  sezilarli  darajada  bo‘lmagan  o‘sishi  ham  inflatsiya 
dinamikasidagi  noaniqlikni  kuchaytiradi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  tijorat 
banklari  kreditlari  foiz  stavkasining  o‘sishiga  olib  keladi.  Chunki 
kreditlarning foiz stavkasi o‘zida nafaqat kutilayotgan inflatsiyani, balki 
risk uchun qo‘shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi 
iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy 
ta’sir yuzaga keladi.  
Ikkinchi  guruh  iqtisodchi  olimlar  esa  (prof.  M.  A.  Pivovarova,  A. 
Kudrin  va  boshq.  )  inflatsiyaning  ma’lum  darajasi  sharoitida  iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. 
M. Pivovarovaning fikriga ko‘ra, inflatsiyaning uncha yuqori bo‘lmagan 
darajasi iqtisodiy o‘sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflatsion 
siyosatni  amalga  oshirish  ishsizlikning  o‘sishiga,  iqtisodiyotning 
pasayishiga olib keladi
45
. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan 
qattiq nazorat o‘rnatiladi.  
XVF  ekspertlarining  xulosasiga  ko‘ra,  rivojlangan  davlatlarda 
inflatsiya  yillik  darajasining  3  foizdan  oshishi  iqtisodiy  o‘sish 
sur’atlarining sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi
46
.  

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish